Tarvuz tanlashda adashmang!

Yozning jazirama kunlarida shirin va mazali tarvuz iste’mol qilish kishiga xushkayfiyat, organizmga esa tetiklik baxsh etadi. Ayniqsa, uni farzandlarimiz sevib tanovul qilishadi. Ammo sifati buzilgan, kimyoviy o‘g‘it me’yoridan ortiq qo‘shilgan ertapishar tarvuz kishi organizmi uchun xavfli hisoblanadi.

 

Yoz faslida ertapishar poliz ekinlari, dimlab pishirilgan mevalarni iste’mol qilishdan ehtiyot bo‘lgan ma’qul, – deydi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tuman DSENM Ko‘kdala bo‘limi bosh shifokori Mahmado‘st Qudratov. – Chunki bunday mahsulotlar me’da-ichak tizimini zaharlaydi. Natijada bemorning ko‘ngli aynib, ich ketishi kabi salbiy holatlar kuzatiladi. Bu esa endigina bo‘yi cho‘zilib, jismoniy kuchga kirib borayotgan bolalarning o‘sishiga, organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

Ma’lumki, poliz mahsulotlari bozorlardagi maxsus laboratoriyalarda tekshiruvdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng sotishga ruxsat beriladi. Biroq, shahar atrofi yoki ko‘p qavatli uylar yonida sotilayotgan poliz mahsulotlarining barchasini ham ushbu tekshiruvdan o‘tgan deya olmaymiz. Bu kabi joylarda sotilayotgan poliz ekinlari bozorga nisbatan arzon, qolaversa, aholi yashash manziliga yoki yo‘l-yo‘lakay xarid qilishga qulay bo‘lgani uchun xaridorbop bo‘ladi.

 

Bozorga kelgan barcha turdagi poliz mahsulotlari maxsus laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi. So‘ngra DSENM xulosasiga ko‘ra sotishga ruxsat beriladi yoki aksincha bozor hududiga kiritilmaydi, – deydi poytaxtimizdagi “Qo‘yliq” dehqon bozori direktori o‘rinbosari Dilmurod Islomov. – Shuningdek, muddati o‘tgan mahsulotlar ham sotishga ruxsat etilmaydi.

 

Tarvuz xarid qilishda birinchi galda mahsulotning laboratoriya tekshiruvidan o‘tgan yoki o‘tmaganligini surishtirish, qolaversa, uning ko‘rinishi, ichki holatiga e’tibor qaratish lozim. Ya’ni mutaxassislar me’yorida yetilib pishgan, qirmizi tarvuzlarni xarid qilishni tavsiya etishadi. Yana bir gap: agar mahsulotning mag‘iz qismida oq tomirga o‘xshash chiziqqa ko‘zingiz tushsa, bilingki, unga ko‘p miqdorda selitra qo‘shilgan bo‘ladi. Qolaversa, kimyoviy o‘g‘itga to‘yingan tarvuzlarning mazasi nordon bo‘ladi. O‘ylaymizki, ushbu maslahatlarimiz tarvuz tanlashda albatta sizga asqotadi.

 

Mayna HASANOVA

Yana o‘qing:  Behuda o‘tayotgan umr zavoli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: