Sokin uyqu halovati homila salomatligida muhim omil

Uyqu hayotimizning muhim bir qismi hisoblanadi. Ayniqsa, homiladorlik davrida bu fiziologik jarayon homilaning yaxshi rivojlanishi hamda bo‘lajak onalarning o‘zini yaxshi his etishida katta ahamiyatga ega. Biroq, bu davrda ayollar uxlashga yotishda ko‘pgina qiyinchiliklarga duch kelishadi. Buni barcha onalar homiladorlik davrida boshidan o‘tkazgan.

Xo‘sh, ularning maroqli dam olishiga nimalar xalaqit beradi?

Uyqudan oldin behalovat bo‘lishga bir necha omillar sabab bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, homilaning dastlabki oylarida ayolning ko‘krak qismida o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi va homilador ayol qorni bilan yotganda ko‘kragida og‘riqni his etadi. Biroq, ko‘kragida og‘riq his etmagan ayollar homilaning dastlabki oylarida qorni bilan yotsa bo‘ladi. Bu vaqtda homila kichik bo‘lib, uni tos va qov suyaklari himoya qiladi. Har qanday zarba va bosimdan esa qovuq muhofaza etadi.

Tepaga qarab yotishni xush ko‘ruvchi ayollar esa homiladorlikda bu holatdan voz kechishlariga to‘g‘ri keladi. Sababi ushbu holatda uxlash noqulay bo‘lib, bu homila salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ammo bo‘lajak onalar hatto, uyqularida ham uzoq muddat tepaga qarab uxlay olmaydi. Ular darhol o‘zlari uchun qulay bo‘lgan holatga o‘nglanib oladi. Chunki nafas siqilishi hamda bel og‘rig‘i bunga yo‘l qo‘ymaydi.

Yana bir sabab, bu ayolning ruhiy holati bilan bog‘liq bo‘lib, turli xavotir, oilaviy mojarolar, ro‘zg‘orda ko‘p mehnat qilish tufayli ham homilador ayolning uyqusi buzilishi mumkin.

 

Homiladorlik toksikozi

Homiladorlikda aksariyat ayollarni bezovta va behol qiladigan toksikoz salbiy, ammo tabiiy jarayon bo‘lib, ko‘pincha bu holat erta tongda yuz beradi. Qolaversa tashnalik tufayli ham bo‘lajak onaning tunda ko‘p bora uyg‘onishiga to‘g‘ri keladi. Toksikozga zamonaviy tibbiyot hali to‘liq davo topgani yo‘q. Mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra uyqu oldidan ayol o‘z yotoqxonasini ko‘zdan kechirishi lozim. Sababi, unga ko‘pincha toza havo yetishmaydi. Xonaning havosini almashtirganda u 23-24S haroratda bo‘lishi zarur. Shuningdek, limon yoki asal solingan iliq choy ichib yotish tavsiya etiladi. Zinhor och uxlash mumkin emas. Bu tashnalikni battar kuchaytirar ekan. Yana toksikozni yengishda tuzli pistalar hamda nordon konfet, qurt, anor, dovuchcha, ayron, go‘ja, yog‘siz qatiq ichish yordam beradi.

Yana o‘qing:  Alkogol ruhiy siqilishni bartaraf qilishga yordam bermaydi

 

Tomir tortishishi

Homila kattalashishi bilan u bo‘lajak ona vujudidan kalsiy moddasini so‘rib oladi. Organizmda bu moddaning kamayishi esa tunda oyoq tomirlarining tortishishiga hamda kamqonlikka sabab bo‘ladi. Bunday holatda esa homilador ayollarga kalsiyga boy mahsulotlardan ko‘proq tanovul qilishi tavsiya etiladi.

 

Fiziologik sabab

Homila o‘sishi jarayonida ayol o‘zini og‘irlashganini his etadi. Tabiiyki, bu jarayon uning uxlashiga ham ta’sir qiladi. Bir yonboshda ayol ko‘p vaqt uxlay olmaydi. Shu sababli kechqurunlari u ko‘p bora goh u yonga, goh bu yonga ag‘darilishiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, uning tug‘ruq yaqin bo‘lgan so‘nggi oylarda ag‘darilib olishi juda qiyin kechadi. Oyoqlarida yuz beradigan og‘riq ham homilador ayolning miriqib uxlashiga to‘sqinlik qiladi.

Bir necha salbiy omillar tufayli hamda homila kattalashgani salbiy ayol uyqusida chalqancha hamda osmonga qaragan holatda yota olmaydi. Shuning uchun u yonbosh holatda yotib uxlashga ko‘nikishi lozim bo‘ladi. Agar homilador ayol o‘ng yonbosh bilan ko‘proq yotsa jigarning qisilishiga olib kelishi mumkin. Chap yonbosh bilan yotish esa onaga ham homilaga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Bunday holatda ayol maroqli dam olishi uchun yumshoq yostiqlardan foydalanishi mumkin. Yostiqlarni bel sohasiga va ikki oyoq orasiga qo‘yib uxlasa bo‘lajak ona ancha tinch uxlaydi. Shuningdek, maxsus homilador ayollar uchun tayyorlangan yostiq hamda matraslardan ham foydalanish zarur.

 

Tavsiyalar:

Homiladorlikda uyqusizlikni kimyoviy dori-darmonlar bilan davolab bo‘lmaydi. Chunki turli dori vositalari homilaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli bunga samarali tabiiy vositalar orqali yechim topish maqsadga muvofiqdir. Uyqu oldidan shifobaxsh giyohli choylar ichish ham ayolga xotirjamlik baxsh etadi. Kechqurun kuchli ovqatlar yemagan ma’qul. Yaxshisi quvvatbaxsh, yengil xazm bo‘ladigan mahsulotlarni iste’mol qilish zarur. Ya’ni, baliq, tvorog, oqsilga boy mahsulotlar hamda sarxil mevalardan ko‘proq iste’mol qilish tunda uyquning sokin bo‘lishiga zamin yaratadi. Shuningdek, qovun ham homilador ayolga kuch berishi bilan birga unga xotirjamlik baxsh etadi. Bundan tashqari homilador ayol ko‘ngilni xira qiladigan holatlardan uzoq yurgani ma’qul. Uyqu oldidan ayol jismoniy harakatlardan o‘zini tiyishi zarur. Shuningdek, kechki payt unga ta’sirchan film hamda teleko‘rsatuvlarni ko‘rish ham tavsiya etilmaydi. Undan ko‘ra kechki sayr va uyqudan oldin asalli iliq sut ichish bo‘lajak onaning tiniqib uxlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yana o‘qing:  Go‘zallikka intilgan ko‘ngil

Homiladorlik davrida qanday holat sizni bezovta qilmasin, buning barchasi shirin damlar ekanligini yoddan chiqarmang. Siz avvalo o‘zingiz hamda tug‘ilajak farzandingiz uchun javobgar bo‘lgan shaxssiz. Shuning uchun bu borada salomatligingizga e’tibor berish faqatgina o‘zingizning qo‘lingizda.

 

Mayna HASANOVA tayyorladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: