Qiymali qozon kabob

Zarur masalliqlar: 1 kg mol go‘shti qiymasi, 200 gr. dumba yog‘i, 1 kg. kartoshka, 4-5 bo‘lak non, 300 gr. yog‘, 2 ta piyoz, 1 dona tuxum, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanishi: idishga qiyma solib, ustidan suvga ivitilgan non qo‘shiladi. Keyin piyoz qirg‘ichdan o‘tkazilib, u ham masalliq ustidan solinadi. So‘ngra tuxum va ziravorlar solib, yaxshilab aralashtiriladi.

Tayyor bo‘lgan aralashmadan yong‘oqday kattalikda shakllar yasaladi. Keyin dumba yog‘i to‘rt burchak shaklda kesilib, qiyma orasiga qo‘shib, six cho‘pga teriladi va qizigan yog‘da 5-6 daqiqa qovuriladi. So‘ng o‘sha yog‘da kartoshkalarni ham 4-5 bo‘laklarga bo‘lib, qizartirib qovuriladi.

Qozonga yog‘ solib, kartoshka va uning ustidan kaboblar terib chiqiladi. So‘ngra barcha masalliq ustidan 100 ml. suv solib, 30 daqiqaga past olovda dimlab qo‘yiladi. Tayyor bo‘lgan qiymali kabobni ko‘katlar bilan bezab, dasturxonga tortishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  “ChUMOLI UYASI”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: