Qish mavsumi uchun foydali mahsulotlar

Qizil bulg‘or qalampiri vitaminlar yetishmovchiligi, kamqonlik, holsizlik xastaliklarida samarali ta’sir kuchiga ega. Pomidor sharbatiga konservalangan bulg‘or qalampiri o‘zining xususiyatlarini yaxshi saqlaydi.

Sarimsoq piyoz organizmni yog‘li va ishqorli ortiqa moddalardan tozalaydi. Qon tomirlar faoliyatini mustahkamlaydi. Sklerozning oldini oladi va o‘smalar rivojlanishiga qarshi kurashadi.

Qurutilgan qovoq tarkibi vitamin,  kraxmal, shakar, karotin, pektin, fosfor, temir moddalariga boy. U parhezbop mahsulot sanaladi.

Sutda qaynatib pishirilgan olcha artroz kasalligidan aziyat chekayotgan insonlar uchun ayni muddao sanaladi.

Quritilgan mevalar. Mayiz, turshak, qarag‘at, olcha qoqisidan qishda mazali va xushbo‘y sharbat tayyorlash mumkin. Qaynoq suvda ivitib, so‘ng tanovul qilingan quruq mevalar esa undan ham foydalidir.

 

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Me’da qaynashining oldini olish uchun tavsiyalar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: