Qandli diabetning xalqona davosi

Mamlakatimizning turli joylarida noqulay ekologik muhit sababli ayrim xastaliklarning ko‘payishi kuzatilmoqda. Shulardan biri qandli diabet kasalligidir. Hammamiz bilamizki, bu dardni keltirib chiqaradigan asosiy omillardan biri me’da osti bezi ishlab chiqaradigan insulin gormonining yetishmovchiligidir.

Bu kasallikning oldini olish hamda uni davolash uchun bemorlar, avvalo, turli shirinliklar, shuningdek, tarkibida qand moddasi va kraxmal mavjud bo‘lgan non, guruch, yorma, dukkakli hamda oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmasliklari lozim. Ular ko‘proq parhezbop yog‘siz go‘sht, o‘simlik yog‘ida dimlab pishirilgan sabzavotlar hamda yangi uzilgan va shirin bo‘lmagan mevalarni yeyishi zarur. Ammo banan, kashtan, gilos, olxo‘ri, uzumni iste’mol qilmasliklari kerak. Chunki ularning tarkibida qand va kraxmal moddasi ko‘proq bo‘ladi.

Xasta odam limon, yog‘siz qatiq, tvorog, sut mahsulotlarini ko‘proq iste’mol etishi kerak. Bu mahsulotlar organizmdagi yog‘larni tezroq hazm bo‘lishi va parchalanishiga yordam beradi.

Diabet kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarni davolashda shifobaxsh giyohlardan kengroq foydalanishga e’tibor berish lozim. Ushbu dardning paydo bo‘lishida hamda uni samarali davolashda shifobaxsh giyohlardan tayyorlanayotgan dori-darmonlarga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Sababi inson organizmi sun’iy yo‘llar bilan tayyorlangan dorilarga nisbatan tabiiy giyohlardan olingan dori-darmonlarni yaxshi qabul qiladi.

Qandli diabetni davolashda qo‘llaniladigan o‘simliklarga bargizub bargi, anor mevasi, bo‘ymadoronning yer ustki qismi, gazandao‘tning tanasi, jenshen ildizi, kiyiko‘t bargi va tanasi, ismaloq bargi, limon, moychechak guli, otquloq bargi, uning sharbati, piyoz bargi, ravoch novdalari, chetan mevasi, chakanda bargi va mevasi, sharbati hamda shotut bargi, sharbati, na’matak mevasi, sachratqi ildizi, sabzining ildiz mevasi, sharbati, makkajo‘xori popugi, behi bargi, novdasi, qalampir yalpiz bargi, qizil lavlagi bargi, uning ildiz mevasi hamda sharbati, shuningdek, qoqi ildizi va hokazolar diabet davosida shifobaxsh hisoblanadi.

 

Nazira ERGASHEVA,

I respublika tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Yoshlar ittifoqi yoshlarga suyanch bo‘la oldimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: