Olchali shirinlik

Zarur mahsulotlar: 500 gr. tvorog, 1 dona tuxum, 2 osh qoshiq manniy yormasi, 3 osh qoshiq un, 3 osh qoshiq shakar, 100 gr. olcha.

Tayyorlanishi: idishga tvorog (yog‘siz), shakar, tuxum solib, sanchqi yordamida aralashtiriladi. So‘ngra un va manniy yormasi solib, quyuq va yumshoq masalliq hosil bo‘lgunga qadar aralashtiriladi. So‘ng uni muzlatgichga bir soatga qo‘yiladi. Biroz vaqt tindirilgan ushbu masalliqdan kichik zuvalachalar tayyorlab olinadi. Har bir zuvalachaning ichiga bir donadan olcha solib, dumaloq shaklda tugiladi. Alohida idishga suv solinib, koptokchalarni 5 daqiqa davomida pishirib olinadi. Tayyor bo‘lgan dumaloq shirinliklarni likopchalarga solib, ustiga suyuq qaymoq quyiladi.

 

BEGOYIM

Yana o‘qing:  Dunyodagi ilk quyosh panelli yo‘lak quriladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: