Oddiy chora-tadbirlar sodda muolajalar xususida

Organizm sovuqqotsa va inson immuniteti past bo‘lsa, shuningdek, u bosh va oyog‘ini issiq saqlamasa hamda to‘yimli va sifatli ovqatlanmasa ham sovuq kunda tez xastalikka chalinadi. Shu sababli avvalo, har bir odam o‘z sog‘lig‘ini asrashga o‘zi ma’suldir.

Mabodo xastalikka chalinib qolgudek bo‘lsangiz, uni “ha, o‘tib ketadi-da” deya oyoqda o‘tkazishga harakat qilmang. Ayniqsa, gripp va O‘RVIlarning o‘zidan ham asoratlari yomon. Siz uchun oddiy hisoblangan bu kasallik gaymorit (Gaymor bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi)dan tortib meningit (miya pardalarining yallig‘lanishi)gacha bo‘lgan og‘ir dardlarga sabab bo‘ladi. Dastlab aksa urish, tumov, ko‘z yoshlanishi bilan boshlanib, keyin a’zoi badanning qaqshab og‘rishiyu tana haroratining ko‘tarilishiga sabab bo‘luvchi bu kasallik havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Shu sababli bemor tinimsiz aksa ursa, darrov atrofidagilarga kasallikni yuqtirmasligi uchun og‘zi-burniga maxsus doka niqob taqib yurishi kerak.

Ammo, uni kun davomida uch marta almashtirish kerak. Kir sovun viruslarni yaxshi yo‘qotadi. Shuning uchun sodali suvda emas, balki aynan kir sovunda yoki maxsus bakteriologik sovun yohud suyuq sovunda ushbu doka niqoblarni obdon yaxshilab yuvib, keyin ularni dazmollash zarur. O‘quv muassasalarida o‘quvchi va talabalarga tasmasining rangi uch xil bo‘lgan doka niqob tavsiya etiladi. Sababi kun davomida bola ta’lim muassasasida bo‘lganida doka niqob orqali nafas olsa, u virusga “to‘yinib” qoladi. Ana endi uni ohorli va tozasiga almashtirish kerak.

Xonadon bekalari bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib, eshik va derazalar, eshik tutqichlarini sovunli suvda yuvib turishlari zarur. Ammo, boshqa xonaga o‘tkazilgan bemorni u yotgan joy shamollatilgandan so‘ng isitilgachgina olib o‘tiladi. Iloji boricha bemorga ko‘proq suyuqlik ichirish kerak. Xona haroratida turgan turli mevalar va ularning qoqilaridan tayyorlangan sharbatlar hamda gazsiz mineral suv, limonli yoki asalli choy, sariyog‘, asal solingan sut hamda uy tovug‘i go‘shtidan sho‘rva tayyorlab ichirish lozim. Turli sun’iy, kimyoviy dori-darmonlar va antibiotiklarga to‘yingan, 20 daqiqada pishadigan gril uchun qo‘llaniladigan tovuq go‘shti yaramaydi.

Yana bemor bor xonadonda isiriq tutatib turish hamda deraza tokchalari va xastaga yaqin turgan joyga likopchalarda piyoz yohud sarimsoqpiyoz bo‘lakchalarini to‘g‘rab qo‘yish ham viruslarga qiron keltiradi. Keyin issiq mijozli mahsulotlar qo‘y go‘shti, sholg‘om, no‘xat va siyohrang piyoz, qizil qalampir solib tayyorlangan qaynatma sho‘rva ham tanani qizdiradi. Mastavaga piyoz hamda murch solib ichish ham shunday ta’sir etadi. Ammo, allergik kasalliklarga moyil bemorlarga murch va qalampir tavsiya etilmaydi. Me’da yarasi hamda o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, o‘t pufagi yallig‘langanda bu mahsulotlarni va no‘xatni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, sholg‘omni ertalab mantiqosqonda dimlab yeyish yoki uni qo‘rga qo‘yib pishirib tanovul etish vujudni qizdiradi.

Yana o‘qing:  Mitti kompyuterga aylangan quloqchin

Aslida shamollash organizmning issiqlik quvvati kamayib, sovuqligi oshishi va natijada tanada shilliq xilt yoki sovuq balg‘am paydo bo‘lishi sababli vujudga keladi. Xasta kishining ko‘proq suyuqlik ichishi viruslar ta’sirida organizmda paydo bo‘lgan zaharli moddalarning tanadan peshob orqali chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.

Meva-sabzavotlarni iste’mol qilish esa organizmni mikro va makro elementlar hamda vitaminlarga to‘yintiradi. Ayniqsa, keksa kishilar, go‘daklar va yosh bolalar, shuningdek, homilador va yangi bo‘shangan ayollar odamlar gavjum, yaxshi shamollatilmaydigan joylarga borishdan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Chunki, bunday joylarda gripp va O‘RVI viruslari tez tarqaladi. Ushbu kasalliklarga moyil, xavf guruhiga yuqorida ta’kidlangan odamlarni kiritish mumkin. Chunki, ularning immuniteti nisbatan past bo‘ladi. Shuning uchun bemor odam kasallik yuqtirmasligi uchun alohida xonada yotishi zarur. Agar buning iloji bo‘lmasa bemor yotgan joyni tabiiy tolali parda bilan to‘sib qo‘yish kerak. Uni esa almashtirib turish darkor.

Sut va sut mahsulotlari nafaqat kalsiyga boy. Ular shamollash xastaliklarida kasal odamga quvvat bag‘ishlovchi parhezbop mahsulot hamdir. Ba’zan bemorning ishtahasi bo‘lmasa, uni yaqinlari majburlab ovqatlantirishga harakat qilishadi. Bu noto‘g‘ri. Chunki organizm xastalik sababli hujayra darajasida xiltlarga to‘lib ketgan bo‘ladi. Vujudimiz ishtahasizlik bilan organizmni ma’lum muddat ochlik bilan davolash zarurligi xususida signal berayotgan bo‘ladi. Bunday holatda xasta kishi ovqat yemasada ko‘ngli tusaguncha suyuqlik ichishi zarur. Yana kasal odam og‘zi-burnini sho‘r suv bilan chayib tursa, viruslar tez nobud bo‘ladi.

 

BEHI VA DUMBALI DIMLAMA

1 kg behini urug‘idan tozalab, uni yarim kilo dumba bilan past olovda dimlab pishirasiz. Bunday taom ham quruq yo‘talni “pishiradi”.

 

SARIMSOQPIYOZLI ShIRCHOY

1 litr sutga bir kichik bosh sarimsoqpiyozning yaxlit bo‘lakchalarini solib qaynatasiz. Sarimsoqpiyoz o‘ta ezilib ketmasin. Chunki, uning shifobaxsh xususiyati yo‘qoladi. Sut pishgach yana unga 1 osh qoshiq kuydirilgan tabiiy, uy sariyog‘i va 1 osh qoshiq asal solasiz. Bemor ushbu shifobaxsh shirchoyni kun davomida och qoringa ko‘ngli tusaguncha ichadi. Yarim soat o‘tgach esa ovqatlanish mumkin. Bu muolaja ham bemorning tezroq oyoqqa turishiga yordam beradi.

 

Diqqat! Avvalo har qanday holatda ham bemor shifokorga murojaat etishi zarur. Uning tavsiyalariga qo‘shimcha ravishda bizning beziyon, sodda muolajalarimiz ham sizga asqotadi, degan umiddamiz.

 

Yana o‘qing:  Hujayra himoyachisi

Gulchehra ShIRINOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: