MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING OVQATLANISHI

Ertalabki nonushta bola uchun juda ham zarur. Lekin ko‘pgina bolajonlar nonushtani turli injiqliklar bilan rad etadi. Mutaxassislar bolani uyqudan uyg‘otib, nonushta qilishga majburlash noto‘g‘ri deb hisoblashadi.

Farzandingiz uyqudan turgandan so‘ng 10-15 daqiqa jismoniy mashqlarni bajarishi lozim. Chunki, bu mashqlar bolaning sog‘lom va baquvvat o‘sishiga, ishtahasi ochilishiga katta yordam beradi. Ertalabki nonushta to‘liq 3-4 soatga yetadigan kaloriyaga ega bo‘lishi lozim.

Bolangizga ovqatlanishidan 20 daqiqa oldin mevali yoki sabzavotli sharbat berish kerak. Ertalab nonushtaga kartoshkali bo‘tqa, shirguruch berish maqsadga muvofiq. Chunki, bolalarning me’da-ichak tizimi juda ham nozik bo‘ladi. Ichish uchun esa tabiiy sharbat, choy va sutli kakao tavsiya etiladi.

Ikkinchi nonushta. Agar u maktab oshxonasida ovqatlansa, qo‘shimcha oziq-ovqat bermasangiz ham bo‘ladi. Demak, ikkinchi nonushta haqida xavotir olishga hojat yo‘q. Ammo, yengil tamaddi qilib olish uchun imkoniyat mavjud bo‘lmasligi ham mumkin. Quyida biz bunday paytlarda bolajoningiz maktabga o‘zi bilan olib ketishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining qisqacha ro‘yxatini beramiz:

Tabiiy sharbat. Asosan o‘zingiz uy sharoitida tayyorlagan, vitaminlarga boy sharbatni, shisha idishga solib berganingiz maqul.

Mevalar. Bola uchun eng yaxshi tamaddi vositasi hisoblanadi. Chunki, uning tarkibida juda ko‘p miqdorda vitaminlar, mikro va makroelementlar hamda foydali moddalar bisyor.

Pechenyelar. Bolaga pechenye tanlashda uning qadoqdagi tarkibi bilan yaxshilab tanishib chiqqan ma’qul. Eng yaxshisi o‘z qo‘lingiz bilan uy sharoitda tayyorlagan shirinlikdir.

Suv. Bolaga doimo oddiy, gazsiz suv berish zarur. Suv o‘rnini hech qanday ichimlik bosa olmaydi. Bolaga vazniga qarab suv berish zarur: 1 kg. tana vazniga 30 ml. suv to‘g‘ri keladi.

Tushlik. Unda 1-, 2–va 3–ovqatlar zarur. Ovqat kam miqdorda bo‘lib, uning tarkibi go‘sht, baliq yoki sabzavotlardan tayyorlangan sho‘rva va boshqa turdagi issiq ovqatlar kiradi.

Ikkinchi ovqat. Dimlangan yoki qaynatilgan go‘sht, baliq va dimlangan sabzavotlar.

Desert. Ta’bingizga va bolajoningiz salomatligiga qarab shirinliklar tavsiya etiladi.

Kechki choy. Tushlik va kechki ovqat orasida ozgina tamaddi qilib olish:

– Pechenye bilan yogurt;

– Sarxil sabzavotlar;

– Buterbrod (non, sariyog‘, pishloq ) hamda choy.

Yana o‘qing:  Reaktiv artrit xuruji: unda qo‘llanadigan chora-tadbirlar

Kechki ovqat. Kechki payt bolajoningiz yengil ovqatlar tanovul qilishi kerak. U uxlashdan 2 soat oldin beriladi. Bolaga tavsiya qilinadi:

– Tuxum yoki omlet(tuxum, sut va un solib tayyorlanadigan quymoq);

– Tvorog;

– Dimlangan sabzavotlar;

– Grechkali, guruchli yoki suli bo‘tqasi.

 

Gulnoza EGAMBERDIYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: