JAZIRAMADAN SAQLANISHNING YO’LI BORMI?

Yoz faslining zavqi o‘zgachayu, biroq jaziramaning tafti odamni biroz erinchoq qilib qo‘yadi-da. Issiqdan saqlanish uchun salqin joylardan “panoh” topishga harakat qilamiz. Chunki, havoning qizib borishi sabab turli teri kasalliklari yoki organizmda xastaliklar paydo bo‘lishi mumkin. Hatto, dam olish uchun hozirlanayotganimizda ham ob-havo bilan “hisoblashmay” ilojimiz yo‘q. Bunda bizga Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan yuborilgan xabarlar asqotadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ob-havoning o‘zgarishi sababli havfsizlik choralarining ko‘rilishi haqida uyali aloqa vositamizga tez-tez xabar jo‘natib turadi. Ushbu xabarlarning to‘liq mazmuni hamda issiqda salomatlikni saqlash borasida batafsil ma’lumot olish uchun vazirlik mutasaddilari bilan bog‘landik.

– Jazirama issiq – havo haroratining bir necha kun davomida keskin ko‘tarilishi bilan tavsiflanadi, – deydi FVV matbuot xizmati xodimi Ahmadjon Qodirov. – Uning ta’siri inson tanasining harorati issiq olishi natijasida 37, 1 darajadan 38, 8 darajaga qarab ko‘tarilishida bilinadi. Tananing qizarishi, kuchli chanqash, og‘izning qaqrab ketishi, issiq urishi holatining alomatlari hisoblanadi. Keyinchalik yurak faoliyatining to‘xtab qolishi, hushdan ketish holatlari ham yuzaga kelishi mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, jazirama issiq paytida sog‘liqdan muammo bo‘lmasligi uchun chekishdan, spirtli ichimlik ichishdan tiyilish, hamda kuchli ovqatlanish va jismoniy harakatni kamaytirish tavsiya etiladi.

Ko‘p suv ichish organizm faoliyatini yaxshilaydi. Ayniqsa, issiq paytida har kuni ko‘proq suyuqlik ichish foydali. Gazli va sun’iy buyoqli suvlarni kamaytirib, mineral va toza buloq suvi iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Soat 12. 00 dan 16. 00 ga qadar ko‘chaga chiqmaslik va quyosh tig‘i ostida yurmaslik tavsiya etiladi. Kunni shunday rejalashtirish kerakki, jazirama issiq vaqtini uyda yoki ishxonada o‘tkazish darkor.

Kunning qizigan vaqtida jismoniy mashg‘ulot bajarmaslik lozim. Sovutilgan choy, tarkibida spirtli moddalar bo‘lmagan yaxna ichimliklar iste’mol qilish inson organizmidagi termoboshqaruvni yaxshilaydi. Qolaversa, ovqatlanish tartibini o‘zgartirish ham salomatligingizga ijobiy ta’sir qiladi. Havo harorati ko‘tarilganda odam organizmidan natriy ko‘p miqdorda ajaraladi. Shu bois yaxna taomlar hamda ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilish koni foyda.

Sintetik materialdan kiyim kiymaganingiz ma’qul. Jaziramada tabiiy paxta tolasida tayyorlangan kiyimlar qulaydir. Bosh kiyimni ham albatta unutmagan yaxshi. Chunki, issiq urishi asosan boshning qizib ketishi oqibatida yuzaga keladi.

Yana o‘qing:  Asalli tort

– Oftob urganda kishining boshi qattiq og‘rib, ko‘ngli aynib qayt qiladi, ba’zan hushidan ketish holati ham kuzatiladi, – deydi Shayxontohur tumani Davlat sanitariya va epidemioligiya nazorat markazining kommunal gigiyena bo‘limi mudirasi Tursunoy Boymurodova. – Og‘ir hollarda kishi o‘zini bilmay qoladi, besaranjomlanib, ko‘ziga yo‘q narsalar ko‘rinishi mumkin. Bunday vaziyatda uni darhol toza havoga olib chiqib, soyaga yotqizib, yelpig‘ich yoki choyshab bilan yelpish, badanini sovutish, boshini sovuq suv bilan namlash kerak.

Bunday issiqda konditsioneri bor xonada bo‘lganingizda uning ro‘parasiga o‘tirmaganiz maqul. Mazkur havoni sovutish qurilmasi ishlashi jarayonida qanchadan qancha bakteriyalarni xonaga haydab, surunkali bronxit va pnevmoniya xastaliklarini qo‘zg‘atadi.

Quyosh urishiga asosan kichik va o‘smir bolalar, qariyalar hamda mast holdagi insonlar moyil bo‘ladi. Ularda turli sabablarga ko‘ra organizmida termoboshqaruv tizimi sust ishlaydi. (Termoboshqaruv – bu insonlarni organizmidagi haroratning barqarorligini ta’minlaydi).

Agar siz cho‘milish maskanlarida dam olayotgan bo‘lsangiz, ushbu joylarda havo harorati +50ºS va undan ortiq bo‘lishi mumkin, suvning harorati esa +22ºS +26ºS ni tashkil etadi. Cho‘milish havzasining sohilida uzoq muddat turib birdaniga suvga o‘zingizni tashlasangiz organizmingizdagi harorat keskin tarzda tushib ketadi. Buning natijasida nafas olish qiyinlashib, yurak to‘xtab qolish holati kuzatilishi mumkin. Suvga tushishidan oldin qo‘l, oyoq, gavda va boshqa qismlarni suv bilan namlab chiqishni unutmang.

Dildora QARSHIBOYEVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

SHU O‘RINDA

Badanga aslo spirt surtmagan yaxshi, chunki spirt issiq kunda tanani yanada qizdiradi. Issiqdan jabrlangan odam sovuq suvda cho‘milmasligi lozim. Chunki muzdek suv ko‘krak qafasining qisilishiga va nafas olish yo‘llarining o‘tkazuvchanligiga ta’sir qiladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: