Hayot sarchashmasi: ona sutining afzalliklari

Dunyoga kelgan har bir go‘dakning sog‘lom va barkamol avlod bo‘lib kamol topishida unga eng avvalo, ona suti zarur bo‘ladi. Ko‘krak suti haqidagi dastlabki ma’lumotlar buyuk alloma Abu Ali ibn Sino qo‘lyozmalarida qayd etilgan.

Buyuk mutafakkir ona sutini quyosh nuriga qiyos qilgan. Ushbu sut biokimyoviy jihatdan o‘ziga xos bo‘lgan suyuqlikdir. Har qanday sharoitda tayyorlangan boshqa bir oziq moddalar ona sutiga tenglasha olmaydi. Uning tarkibida organizm uchun zarur bo‘lgan oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, makro va mikroelementlar, vitaminlar hamda ko‘plab biologik faol moddalar mavjud. Ona sutida 100 dan ortiq turli oziq moddalar bo‘lib, uning tarkibida 87,4 foiz — suv, 0,91 foiz kazein, (sut oqsili), 1,23 foiz albumin va globulin, 3,76 foiz yog‘, oqsillarning umumiy miqdori 1,25 foiz, sut shakari-laktoza 6,29 foiz, mineral moddalar va A, D, S, Ye, V vitaminlari mavjud.

Emizib boqilgan bolalar ko‘plab kasalliklarga chidamli bo‘lib, ularning immuniteti yuqori bo‘ladi. Aksincha, ona suti o‘rnini bosuvchi sun’iy ozuqa (sutli aralashmalar) yoki ayrim hayvonlarning (sigir, echki, tuya va shu kabi jonzotlar) suti bilan boqilsa, bunda chaqaloqda ovqat hazm qilish tizimi faoliyatining buzilishi kuzatiladi.

Asab tizimiga ham boshqa sutlar salbiy ta’sir etadi. Chaqaloqning kasalliklarga moyilligi oshadi. Go‘dakligidan sun’iy sut yoki uning o‘rnini bosadigan moddalar bilan oziqlanib ulg‘aygan kishilar orasida modda almashinuvi kasalliklari, xafaqon (gipertoniya), ateroskleroz, allergiya va hatto, yurak ishemik kasalliklari ko‘p uchrashi qayd etilgan.

Bu sutdagi laktoza bolaning rivojlanishida muhim. Laktoza stronsiy, kalsiy, magniy, kobalt, temir, rux, marganets, radiy va boshqa elementlarning me’da – ichak tizimi orqali so‘rilishda va suyak tizimini rivojlantirib hamda organizmni minerallar bilan ta’minlaydi. Sigir sutida   α laktoza, ona sutida esa β laktoza uchraydi. Ona sutidagi ushbu shakarning konsentratsiyasi sigir sutidagiga nibatan yuqori bo‘lib, ichakdagi bifidum bakteriyasining rivojlanishiga yordam beradi. Bifidum bakteriyalari bolaning me’da-ichak tizimidagi patogen (zararli) mikroblar, zamburug‘ va parazitlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Laktoza ona sutidagi asosiy uglevod bo‘lib, chaqaloq uchun katta ahamiyatga egadir. Uning miqdori sigir sutidagiga nisbatan ko‘p bo‘lib, o‘rtacha 7 foizni tashkil etadi. Laktoza moddalar almashinuvi jarayonida glyukoza va galaktozagacha parchalanadi. Ushbu modda chaqaloq energetik ehtiyojining 40 foizini qoplaydi. Galaktoza moddasi yog‘lar bilan birgalikda markaziy asab tizimi faoliyatida faol ishtirok etadi.

Yana o‘qing:  Ajoyib nonushta

Ona sutida oqsil, yog‘, karbon suvlar nisbati 1:3:6 ko‘rinishida bo‘ladi va bola ehtiyojini to‘la qondiradi. Sigir sutida esa bu nisbatan 1:1:1,5 bo‘lib organizmning zarur ehtiyojini qondirmaydi. Uning tarkibida turli kasalliklarni chaqiruvchi virus va mikroblarga qarshi kurashadigan moddalar (antitelolar) bo‘ladi. Og‘iz suti tarkibidagi immunoglobulinlar yangi tug‘ilgan hali shakllanib ulgurmagan immun tizimi o‘rnini qoplaydi. Faol bo‘lmagan immunitet hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Bu sutdagi to‘yinmagan yog‘ kislotalari serob bo‘lib, ular bosh miya rivojlanishi hamda asab tolalari atrofida millen po‘sti hosil bo‘lishi uchun zarur.

 

Davomi

 

Biologiya fanlari doktori Shoniyoz QURBONOV tahriri ostida

Qarshi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Mohinur HAMZAYEVA tayyorladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: