BEHI – OLTIN KUZNING SARXIL TUHFASI

Mevalarning shifobaxsh xususiyatlari to‘g‘risida ko‘p kitoblar bitilgan. Ularning har biri o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ana shunday mevalar orasida behi ham o‘zining betakrorligi bilan juda mashhur.

Behi – tushkunlikka qarshi vosita.

Behi – parhez tutuvchi insonlar uchun juda foydali. Uning tarkibida xolesterin va yog‘ moddasi umuman uchramaydi.

Behi tarkibida A, V1, V2, V6, S, Ye, RR vitaminlari va bir qator makro va mikroelementlar mavjud. U antotsian, fenol, oshlovchi modda va meva kislotasiga boy. Bu meva tarkibidagi kaliy natriyga nisbatan 10 barobar ko‘p uchraydi. Behi tarkibida olma va limon kislotasi ham mo‘lroq.

Eng asosiysi esa behidan tushkunlikka qarshi vosita sifatida foydalansa bo‘ladi.

Behi tarkibida ko‘plab antioksidant moddalar mavjud, u saratonning oldini oladi. Bu meva tarkibidagi antioksidantlar toza askorbin kislotasidan ustun turadi. Behi tushkunlikka qarshi va tabiiy tinchlantiruvchi vosita hisoblanadi.

Shuningdek, bu meva viruslarga qarshi vositadir. Bu gripp kasalligida samarali natija beradi. Yapon olimlarining ta’kidlashicha ushbu mevaning me’da yarasi kasalligini davolashda ham qo‘llash mumkin. Behini ko‘p iste’mol qilgan insonlarda ko‘z va jigar kasalliklariga chalinish holatlari kuzatilmaydi.

Ushbu mevani ko‘pchilik olma va nokning yaqin qarindoshi deb hisoblaydi. Lekin behi ularga nisbatan qattiq va taxirligi bilan ajralib turadi, buning natijasida esa hazm qilishda muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Tarkibi

Behini qadim-qadimdan davo vositasi sifatida keng qo‘llashgan. Ichak faoliyatini yaxshilash va davolash maqsadida behi murabbosi va damlamasidan foydalanishgan. Bu mevaning foydali tarkibi taxikardiya (yurakning tez urishi), ich ketishi va gepatit (sariq) kasalligida yaxshi samara beradi. Behi mevasidan tayyorlangan damlamani esa kamqonlikda iste’mol qilish mumkin. Bu turdagi damlamani tayyorlash uchun 10 gr. quritilgan meva 100 ml. qaynoq suvga aralashtiriladi va ovqatlanishdan oldin 1 osh qoshiq miqdorida iste’mol qilinadi.

Qadimda behi mevasini ich ketishga qarshi vosita sifatida qo‘llashgan, uning tarkibida ko‘p miqdorda pektin moddasi mavjud. Ko‘p miqdordagi pektin organizmdagi salmoqli tuzni va radionuklid moddasini chiqarishni osonlashtiradi. Tarkibida pektin moddasining ko‘pligi sababli behidan murabbo va marmelad tayyorlash uchun ajoyib xomashyo olinadi.

Yana o‘qing:  Kamyob va nodir malham

Mevaning urug‘i ham juda foydali. Uning tarkibida ko‘p miqdorda shilliq moddasi mavjud. Behi urug‘i suv bilan aralashtirilganda shilliq modda hosil bo‘ladi, bu moddadan balg‘am ko‘chirishda, yo‘talga qarshi vosita sifatida, bronxit, gripp, O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar)da qo‘llash mumkin. Bu turdagi shilliq moddadan stomatologiyada gingvit, glossit va parodontozda foydalaniladi.

Bronxial astma (ziqqinafas) xuruji vaqtida behi bargidan qilingan tindirma (nastoyka) yordam beradi. Bu tindirma uchun 5 dona behi bargini 200 ml. qaynagan suvga solinadi. Bu meva bargidan qilingan choy peshob haydovchi vosita hamda siydik pufagi kasalliklarida samarali natija beradi. Choyni tayyorlash uchun 1 osh qoshiq miqdorda quruq behi bargini va shuncha miqdorda urug‘ini 200 ml qaynagan suvga solinadi va past olovda 5-6 daqiqa qaynatiladi. Sovutilgan choy suzgichdan o‘tkaziladi. Mazali bo‘lishi uchun oz miqdorda asal qo‘shsa ham bo‘ladi. Kun davomida 1 osh qoshiqdan 3-4 marta iste’mol qilinadi.

Behidan tayyorlangan tindirma inson organizmida kislotaning oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi deydi, yapon mutaxassislari.

Tibet tibbiyotida ushbu mevadan organizmda qon aylanishi va moddalar almashinuvini yaxshilash hamda ortiqcha yog‘ moddalarini parchalash maqsadida foydalanishgan. Bu meva tarkibida 10 foizdan ko‘p askorbin kislotasi, 5 foiz limon kislotasi, olma va boshqa kislotalar mavjud.

Pishib yetilgan behi tarkibida S vitamini va niatsin, juda ko‘p miqdorda kaliy, pektin, kalsiy, fosfor, natriy moddalari mavjud. Xalq tabobatida behidan o‘pka kasalligida ham foydalanishgan.

Yangi uzilgan behini iste’mol qilish biroz qiyin. Sababi uning mazasi taxir va o‘zi qattiqdir. Mevani ancha vaqtgacha saqlash mumkinligini hisobga olsak uni erta bahorda yeyish ancha foydali. Birinchidan, meva ancha yumshaydi, ikkinchidan esa uning hidi yanada xushbo‘ylashib ishtahani ochadi.

Xurshida Husenova

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: