Baqlajon qovurmasi

Hurmatli mushtariylar! sizlarga vitaminlarga boy bo‘lgan antiqa baqlajon qovurmasi tayyorlashni o‘rgatamiz.

Kerakli masalliqlar:

Baqlajon, piyoz, sarimsoqpiyoz, po‘sti shilingan pomidor hamda 100 ml zaytun yog‘i, yarim bog‘ petrushka, 3 choy qoshiq shakar, 5 choy qoshiq limon sharbati, tuz va murch kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi:

Baqlajonlarni 7-8 daqiqa davomida qaynatilgan suvga solib qo‘yamiz. So‘ng ularni suvdan olib, quritib olamiz. Piyozlarni mayda qilib to‘g‘rab, uni zaytun yog‘ida qizartiramiz. Qovurish jarayonida maydalangan sarimsoqpiyoz va po‘sti shilingan, maydalangan pomidorni qo‘shib qovurishda davom etamiz. 10 daqiqa davomida qovurib, oxirida petrushkani qo‘shib uni ham qovurib olamiz.

Baqlajonlarni yarmidan kesib, ichidagi yumshoq massasini ajratamiz. Uni sabazavotlarga qo‘shib, ziravorlar va limon sharbati bilan to‘yintiramiz. Shularning hammasini baqlajon bo‘laklari ichiga solamiz va qolgan yog‘larni qo‘shgandan so‘ng gaz pechida 180 C° daraja haroratda 45 daqiqa davomida pishiramiz.

Yana o‘qing:  Tabiatning o‘zi tabib

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: