Yorug‘lik kuchi bezgak epidemiyasini to‘xtatadi

Agar chivinlar har tunda yorug‘lik ta’siriga duch kelishsa chaqishdan to‘xtaydi, deb yozadi The Daily Mail jurnali. Bu usulni bezgakka sabab bo‘luvchi Anopheles gambiae mosquito chivinlarida sinab ko‘rildi. Hozir olimlar yorug‘lik to‘lqinining uxlashga xalaqit bermaydigan eng optimal uzunligi qanchaligini topishga harakat qilyapti.

Odatda bezgak chivin chaqqan paytda yuqadi. Chivinlar, ayniqsa qorong‘u paytda juda faol bo‘ladi, ya’ni ular asosan tunda chaqishni boshlaydi. Bugungi kunda bezgak chivinlardan hasharotlarga qarshi moddalar va pashshaxonalar yordamida saqlanish tavsiya etiladi. Lekin chivinlar tez moslashuvchanligi bilan ham ajralib turadi – ularga dorilar ortiq ta’sir qilmayapti.

Tajribalar paytida olimlar chivinlarning ikki guruhini kuzatuvdan o‘tkazdi. Birinchi guruhdagi chivinlar 10 daqiqa davomida qorong‘ulikda, ikkinchi guruh esa yorug‘likda ushlab turildi. Shundan so‘ng chivinlarning chaqishga moyillik darajasi tun davomida har ikki soatda o‘lchab turildi. 10 daqiqa yorug‘lik ta’sirida saqlangan chivinlar kamroq chaqishi ma’lum bo‘ldi. Har ikki soatda bir ishlab chiqariladigan yorug‘lik ta’siri 12 soat davomida chivinlardan saqlanish imkonini beradi. Nurlanganidan so‘ng chivinlar o‘rtacha 4 soatgacha chaqishdan to‘xtaydi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Xorioretinit nima degani?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: