Tishlar va stomatologiya borasida qiziqarli faktlar

1. Amerikaliklar o‘rtacha hisobda umrlari davomida jami 38.5 kunni tish yuvishga sarflaydilar.
2. Kuniga 3 yoki undan ko‘p stakan sodali suv ichadiganlarda boshqalarga qaraganda 62% ko‘proq tishlar yemirilishi yoki yo‘qolishi holati kuzatiladi. Shunday ekan, gazli va energetik ichimliklarni bir chetga surib qo‘ying-da, oddiy va toza suv ichishga odatlaning.
3. Tish emali inson tanasidagi eng qattiq modda hisoblanadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, biz sizga durdek tishlaringizni butilka qopqog‘ini ochish uchun ishatishni tavsiya qilmaymiz.
4. Agar tishingiz orasini maxsus ip bilan tozalab turmasangiz, tish yuzasining 40%ini tozalamagan bo‘lasiz. Shuning uchun kuniga ikki martadan tishlaringizni ip va cho‘tka yordamida tozalab turing.
5. Agar siz o‘naqay bo‘lsangiz, ovqatni o‘ng jag‘ingizda, chapaqay bo‘lsangiz, chap jag‘ingizda chaynashga odatlanar ekansiz.
6. Har yili, Shimoliy Amerikadagi bolalar yarim million dollarga yaqin pulni saqich uchun sarflar ekanlar.
7. Qizil rangli tish cho‘tkasidan foydalanadiganlarga qaraganda, ko‘k cho‘tkadan foydalanuvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi.


8. Barmoq izlari kabi, insonning tili ham takrorlanmas izga ega.
9. O‘rtacha hisobda ayollar kuniga 62 marta, erkaklar esa taxminan 8 marta tabassum qiladilar.
10. Bolalar kuniga 400 marta, o‘smirlar atigi 15 marta kuladilar.
11. Jirafaning faqat pastki tishlari bor ekan.
12. Barmoq va tilga o‘xshab, insonning tishlari ham yagona va individual hisoblanadi.
13. Insonlar kuniga tish cho‘tkalab yuvish uchun o`rtacha 45-70 sekund sarflaydilar. Lekin tavsiya etiladigan vaqt miqdori 2-3 minut deya belgilangan.
14. 78% amerikaliklarning 17 yoshigacha kamida bitta tish kovagi bo‘ladi.
15. 1882-yil eng birinchi qo‘lda tayyorlangan tish ipi sotuvga chiqarilgan yil hisoblanadi.
16. Dunyodagi eng qimmatbaho tish Sir Isaak Nyutonga tegishli bo‘lgan. 1816-yilda uning bir dona tishi Londonda $3,633 dollarga sotilgan, bugungi kunda bu qiymat $35,700 dollarga to‘g‘ri keladi. Bu tish uzukka o‘rnatilgan! (manba: “Guinnes World Records 2002”)


17. Tishda paydo bo‘ladigan tuz tarkibida 300 dan ortiq bakteriya turi mavjud.
18. Itlarda 42 ta, mushuklarda 30 ta, cho‘chqalarda 44 ta, armadillo (chumolixo‘r)larda esa 104 ta tish bo‘ladi.
19. Birgina shilliqurtning og‘zi to‘g‘nag‘ich “kalla”sidan katta emas, ammo uning 25 ming dona tishi bor ekan.
20. Fil o‘zining oziq tishlarini charxlaydi va yangilarini o‘stiradi. Bu uning umri davomida 6 marta sodir bo‘ladi. Filning bitta oziq tishi 7 dyuym kvadrat va 6 funtdan (1 funt 0.454 kilogrammga teng)ortiq vaznga ega.

Yana o‘qing:  Go‘zallik va salomatlik uchun 7 sabab


21. Ko‘k kit dunyodagi eng katta sutemizuvchi hisoblanadi, ammo faqat mayda krevetkalar bilan oziqlanadi. Chunki uning tishlari yo‘q.
22. Krokodil (timsoh) nomli qush timsohning ochiq og‘ziga uchib kiradi va uning tishlarini tozalaydi!
23. Atigi bir banka soda (ichimlik turi) tarkibida 10-12 choy qoshiq shakar mavjud ekan.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: