Tetiklik uchun parhez

Amerikalik olimlar kayfiyat va qomatga zarar yetkazmasdan ishtahani qondirishga yordam beruvchi optimal kuzgi parhezni ishlab chiqdi. Avvalambor, mutaxassislar e’tiborni to‘g‘ri nonushta qilishga qaratadi.

Aynan ertalabki nonushta moddalar almashinuvini boshlab beradi va organizmni quvvat bilan ta’minlaydi. Kuzda va qishda nonushta to‘yimli va issiq bo‘lishi kerak.

Parhezchilar sovuq mavsumda ishtahani nazorat qilish uchun ratsionga parranda go‘shti, yog‘siz mol go‘shtini kiritishni tavsiya etadi. Ulardagi oqsil mushak massasini ushlab turadi, biroq organizmda yog‘ ko‘rinishida yig‘ilib qolmaydi. Kartoshkani ham bemalol iste’mol qilish mumkin: kraxmal uzoq vaqt hazm bo‘lmay turadi va shu bois ancha vaqtga to‘qlik hissini beradi. Bunda qaynatilgan yoki toblab pishirilgan kartoshkani iste’mol qilgan ma’qul.

Kuzda aromaterapiya juda foydali. Efir moylaridan nafas olish kayfiyatni ko‘taradi, immunitetni mustahkamlaydi va ishtahani bo‘g‘adi. Xususan, limon, shirin apelsin, greypfrut, mandarin, qarag‘ay, kiparis kabi ignabargli daraxtlar va sitruslarning hidi moddalar almashinuvini tezlashtiradi hamda ochlik hissini kamaytiradi.

Yarim tungacha uxlashga yotish kerak. Bu paytda teri hujayralarining chuqur regeneratsiyasi yuz beradi, organizm “go‘zallik gormonlari”ni faol tarzda ishlab chiqara boshlaydi. Buning ustiga uyqu paytida organizm kun bo‘yi sarflangan kuchlarni tiklaydi.

Dilshoda ESHQOBILOVA tayyorladi

Yana o‘qing:  Tatuirovka saraton rivojlanishiga sabab bo‘ladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: