Teri saratonini erta aniqlash mumkin

Pensilvaniya universiteti tadqiqotchilari oilaviy juftliklarda teri saratoni dastlabki belgilarini payqay olishlari sababli ushbu kasallikni erta aniqlash mumkin, degan xulosaga keldilar.

Mutaxassislar 2010–2014 yillar oralig‘ida 52 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 52 mingdan ziyod teri saratoni aniqlangan erkak va ayollarning ma’lumotlarini tahlil qildilar.

Olimlarning aniqlashlaricha, oilali ishtirokchilarning 45,7 foizi birinchi bosqichdagi teri saratoni bilan og‘rigan. Kasallikning bu bosqichida yashab qolishi imkoniyati 98 foizga teng. Yolg‘iz kishilarda kasallikni oldin payqash ehtimolligi 32, ajrashganlarda 38, beva yoki tul qolganlarda 70 foizga kam ekan. Mutaxassislarning qayd etishlaricha, teri saratonining uchinchi bosqichida yashab qolish imkoniyati 62 foizgacha kamayadi.

Shuningdek, oilali ko‘ngillilarda limfa tugunlar biopsiyasi yolg‘iz yashovchilardan 59, ajrashganlardan 87, beva yoki tul qolgan insonlarda 69 foizga ko‘p o‘tkazilganligi tadqiqotchilarga ma’lum bo‘lganligi qayd etilmoqda. Biopsiya amaliyoti limfa tugunlarda xastalikning metastazi (tarqalib ketishi)ni barvaqt aniqlash imkonini berib, bemorda yashab qolish imkoniyatini oshirishi mumkin.

 

Zulxumor ASAMOVA

Yana o‘qing:  Koreyalik hamkorlar yana Toshkentda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: