Suvaraklarning odam salomatligi uchun qanday xavflari mavjud?

Suvarak (“nonxo‘rak”)larning Yer yuzida paydo bo‘lishi qariyb 70 mln. yil avval yuz bergan. Olimlarning ta’kidlashicha bu hasharotlar eng chidamli jonzotlardan biri hisoblanadi.

Ular yadro quroli portlashiga ham bardosh berishi mumkin. Odamlarning hasharotlar bilan aloqasi qadimdan kuzatib kelinmoqda. Ular har doim odamlar yashash joylarini egallab olishga harakat qilib keladi. Hozirgi vaqtda fanga suvaraklarning 4000 dan ziyod turi ma’lum bo‘lib, ular Blattaria turkumiga mansub jonivorlar hisoblanadi. Xayriyat-ki, insonlar bilan suvaraklarning faqatgina 30 turi yonma-yon yashaydi va bor-yo‘g‘i ularning 4 turi insonga sezilarli zarar yetkazadi.

Ko‘p qavatli uylarda ko‘pincha ularning ikki turi: qora va sarg‘ish turlarini uchratish mumkin. Ushbu hashoratlar yorug‘likni xush ko‘rmaydi va sovuqqa ham toblari yo‘qroq. Ayrim turdagi suvaraklarning yirik “nusxalari” 5 yilgacha yashashi mumkin.

Ular oqsilga boy, tarkibi uglevodlar bilan to‘yingan tayyor yeguliklarni, ya’ni shirinliklarni xush ko‘radi. Hatto, charm-teri, qog‘oz, mato va gazlamalar ham ularning dastidan qolmaydi. Temir, plastik va shisha kabi materiallarning esa bu hashoratlar uchun qizig‘i yo‘q. Shuningdek, ular sovunni ham, hatto, ayrim kimyoviy moddalar qo‘shib tayyorlangan atir-upa, krem, tish pastasi kabi pardoz ashyolarini ham “tatib” ko‘rishlari mumkin. Ushbu hashoratlarni qalampir va sirka hidi “hurkitadi”. Suvaraklar – zamonaviy texnika qurilmalari bilan ham “hamnafas”yashaydi.

 

Qiziqarli ma’lumot

 

Zararkunandaning qoni oq rangga ega Bu suyuqlik tanada qon tomirlarsiz harakatlanadi. Jonzotning yuragi bitta naychadan iborat bo‘lib, u qonni haydab turadi. Hasharotning miyasi uning bosh qismida joylashmagan. Balki uning bu a’zosi butun tanasi bo‘ylab joylashgan. Shuning uchun ham bosh qismi olib tashlangan hasharot yana 10 kungacha yashashi mumkin. Bunday boshsiz hasharotlar og‘zining yo‘qligi va suv ichish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli nobud bo‘ladi. Suvaraklar ozuqasiz bir oygacha yashay oladi. Ular 40 daqiqagacha nafas olmay turadi. Shuning uchun ham “nonxo‘rak”lar suvdan qo‘rqmaydi. Buning ustiga bu hashoratlar juda yaxshi suzadi. Zararkunandalar hamma narsani – hattoki, daraxt, najas, kley, qog‘oz, teri, sovun, buyoq va hakozolarni yeydi.

 

Ular turli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tarqatadi

Suvaraklarning kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tarqatuvchi ekanligini hamma eshitgan. Ammo, suvaraklardan aynan qaysi kasalliklarni yuqtirish mumkinligini har kim ham bilmasa kerak. Xonadonning zararlanishini oldini olish uchun hasharotlarni zaharlash juda muhim hisoblanadi. Ular har qanday yuzada erkin harakatlana oladi. Jonzotlar eng kichik kovaklarga ham kirib ketadi. “nonxo‘rak”lar axlat tortadigan quvur va axlat solinadigan idish, yerto‘la, chordoqlarida o‘rmalab yuradi. O‘sha joylardan odamlar yashash joylariga turli mikroblarni olib keladi. Shuning uchun ularning tanalarida (ayniqsa, oyoqlari panjalarida va qorinchalarida) turli xil kasallik chaqiruvchi bakteriyalar, shuningdek, zamburug‘lar sporasi va gelmint (gijja)larning tuxumi topilishi ajablanarli emas.

Yana o‘qing:  O‘zbek jang san’ati bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi

Ilmiy tilda suvaraklarning odam salomatligi uchun zararini umumiy tarzda blattopteroz deb atashadi. Bu termin allergiyani ham, gijjalar tuxumlarini tashishni ham va suvaraklar odam terisini tishlaganda yetkazadigan mexanik shikastlanishlarni ham o‘z ichiga oladi.

 

Suvaraklar yana qaysi xastaliklarga sababchi?

Bularga meningokokklar, mikobakteriyalar, salmonellalar, yuqumli gastroenteritlar qo‘zg‘atuvchilari, urogenital infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilari, ko‘k yiring tayoqchalari kiradi.

Ular orqali inson dizenteriya (ichburug‘), pnevmoniya (zotiljam) hamda qator gelmintozlarni o‘ziga yuqtirishi mumkin. Bu hashoratlar odamlar yashaydigan joylarga askarida, ostritsa, qilbosh gijja, lentetslar tuxumlarini olib kirishi fanda isbotlangan. Albatta, hasharotlar odamlardan cho‘chiydi va ularning yaqiniga bormaydi. Ammo, ular oziq-ovqatlarni yeyish vaqtida yoki idishlar orqali o‘rmalab yurganda, suvaraklar ularda mikroblar bilan ifloslangan so‘laklarini va o‘z chiqindilarini qoldiradi. Shuning uchun ham insonning infeksiyalarni suvaraklar orqali yuqtirib olish ehtimoli yuqori.

Biz yuqorida sanab o‘tilgan mikroorganizmlar va gelmintlar oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, oshxona, yuvinish xonalari va hojatxonalarning jihozlari yuzalariga tushadi. Buning oqibatida insonga bu mikrorganizmlar nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki oddiy iflos va kir qo‘llar orqali ham yuqishi mumkin. Shuning uchun ba’zida bemor kasallikni aynan qayerda yuqtirganini anglay olmaydi.

 

Davomi

 

Erkinjon ShAKARBOYEV,

O‘zR FA Zoologiya instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari,

biologiya fanlari doktori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: