Surunkali uyqusizlik qanday oqibatlarga olib keladi?

AQSHlik mutaxassislar uyqusizlik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hisoblab chiqishdi. Ularning fikricha, simptomlarning paydo bo‘lish tezligi turli odamlarda farq qilishi mumkin. Umumiy hisobda, uyqusiz o‘tgan bir sutkadan so‘ng inson bosh og‘rig‘i, quloq shang‘illashi, tana haroratining o‘zgarishi kabi holatlarga duch keladi.

Ikkinchi kuni esa ko‘z osti ko‘karadi, ko‘z tomirlari yoriladi, tanada yengil qaltiroq paydo bo‘ladi, tana harorati 35,8 gradusgacha tushishi kuzatiladi. Uyqusizlikning uchinchi kuni odam sekin harakatlana boshlaydi, miyasida be’mani g‘oyalar paydo bo‘ladi. To‘rtinchi kun esa ko‘rish va eshitish gallyusinatsiyasi (yo‘q narsalarning ko‘rinishi va eshitilishi) sodir bo‘ladi.

Beshinchi kuni esa gallyusiya insonni uzluksiz ta’qib qiladi. Faollik kuchli charchoq bilan almashinib turadi. Oltinchi kuni qo‘rquv, paranoyya (ruhiy kasallik) va agressivlik paydo bo‘ladi. Miyaning asosiy hududlari sekin ishlashni boshlaydi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Aspirin keksalar uchun jiddiy xavf tug‘diradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: