Surgi dorilar zarari bormi?

Qabziyatdan qiynal ayrim bemorlar parhezni tashlab, surgi dorilarga o‘tib olishadi. Keyin esa doriga o‘rganib qolishdan cho‘chishadi.

Surgi dorilarni ta’siri bo‘lishi rost. Ammo ko‘nikma hosil bo‘lsa, organizmingiz o‘zini-o‘zi eplolmay qoladi. Buning esa foydadan zarari ko‘p. Yaxshisi, bir-ikki marta surgi dorisidan foydalangach, ovqatlanish tartibi va turmush tarzini yaxshilashga harakat qilish to‘g‘ri bo‘ladi.

Qabziyatning sabablarini bilishdan oldin quyidagi holatlarga diqqat qaratish lozim. Ushbu holat yo‘g‘on ichak harakat tizimining buzilishi, hazm faoliyatining me’yorda emasligi, asab bilan bog‘liq o‘zgarishlar, stress, kam suyuqlik ichish, kamharakatlilik tufayli paydo bo‘ladi. Qabziyat organizmga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Shu bois beparvolik yaramaydi. Kasallikni davolashda taomnoma va ba’zi tavsiyalarga e’tibor qaratish lozim. Avvalo bir kunda 4-5 mahal oz-ozdan ovqatlanish, ko‘proq suyuqlik ichish lozim. Meva va sabzavotlarni kanda qilinmasligi kerak.

Shirinliklar, oshirma xamirdan tayyorlangan pishiriqlardan voz kechiladi. Har kuni yarim soat piyoda yurish kerak. Bu ichaklarni harakatga keltiradi. Hojatga chiqishda qovuq to‘lishini kutib o‘tirmaslik lozim. Bu ham qabziyatga olib kelishi mumkin.

 Nodira HAMROYEVA,

oliy toifali shifokor-terapevt

Yana o‘qing:  Shifobaxsh taomnoma allergik xastaliklardan asraydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: