SPAZMOFILIYa qanday kasallik?

Har bir ota-ona farzandining sog‘lom va durkun ulg‘ayishini orzu qiladi. Ayniqsa, onalar o‘daklarini ko‘krak suti bilan emizib boqishga katta e’tibor qaratishlari zarur. Chunki, ona sutida chaqaloq organizmi uchun kerakli bo‘lgan barcha mineral moddalar va vitaminlar mavjud.

Agar chaqaloq injiqlanib, uyqusi buzilsa, shuningdek, ishtahasi pasayib, uning tayanchharakat tizimi (suyaklari)da o‘zgarishlar kuzatilsa darhol shifokor-pediatrga murojaat etish shart. Sababi chaqaloqlik va ilk go‘daklik davrida organizmda D vitamini yetishmasa yoki bola ochiq havoda quyosh nurlaridan bahramand bo‘lmasa raxit kasalligi rivojlanishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bu kasallikda suyak hosil bo‘lishi va uning minerallashuvi buziladi. Raxit o‘z navbatida spazmofiliya kasalligi rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

Spazmofiliya (spasmophilia) – bu bolalarni birinchi 6-18 oy hayoti davomida uchraydigan talvasa va spastik talvasalanish sindromi bilan kuzatiladigan va raxit bilan bog‘liq bo‘lgan kasallikdir. Ko‘proq bu kasallik o‘g‘il bolalarda uchraydi. Shuningdek xastalik bahorda ko‘proq kuzatiladi. Spazmofiliyaning ikkita shakli bo‘lib, u yaqqol va yashirin ko‘rinishda bo‘ladi. Kasallik talvasalanish, tomir tortishish xuruji, laringospazm, nafas to‘xtashi, hushidan ketish bilan kuzatiladi. Agar vaqtida bemorga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmasa alohida holatlarda bu kasallik mudhish holatlarga ham olib kelishi mumkin. Uzoq muddatli talvasalar markaziy asab tizimining shikastlanishiga va bolani ruhiy rivojlanishdan orqada qolishiga olib keladi. Spazmofiliya o‘tkir gipokalsiyemiya (kalsiy –1,7 mmol/dan kamayib ketadi) sababli, organizmda elektrolit disbalansi va alkaloz vujudga kelganda ro‘y beradi. Qonda tezkor, deyarli to‘satdan D vitaminining faol metaboliti miqdori oshib ketganida yoki bunday vaziyat katta miqdorlarda D2yoki D3vitamini qabul kilganda, hamda uzoq muddat yalong‘och terida radiatsiyasi yuqori bo‘lgan joylarda ultrabinafsha nurlarni qabul qilish bilan vujudga keladi. Gipokalsiyemiya qalqonsimon bezlar faoliyati buzilganda, kalsiy miqdorining ichakda so‘rilishi pasayib ketganda yoki peshob bilan kalsiyni ko‘p miqdorda ajralishi bilan ham vujudga keladi. Bundan tashqari, talvasa sindromi ko‘pincha bolalarda qonda magniy, natriy, xloridlarni, V1va V6darmondorilari miqdori pasayib ketganda ham rivojlanadi. Spazmofiliyani yaqqol ko‘rinishida laringospazm, barmoq mushaklari va oyoq mushaklarining tomir tortishishlari, talvasalar bilan farqlanadi.

Laringospazmda bemorning tovush chiqaruvchi teshiklari toraygani sababli nafas qisiladi, sershovqin nafas olish, ko‘karish, kuchli qo‘rqish, muzdek ter bosish, havoni yutoqib yutish, qisqa muddat hushdan ketish bilan kuzatiladi. Laringospazm xuruji tugayotganda asta-sekin nafas olish tiklanadi, keyin bola tezda uxlab qoladi. Qo‘l va oyoq mushaklarini tomir tortishishlarida yelkalar tanaga yopishib, barmoqlar musht bo‘lib tugilishi– I-IV,V barmoqlar bukilib qolishi, II va III qo‘l barmoqlari ochilib qolishi (akusher qo‘li simptomi) alomatlari kuzatiladi. Qo‘l va oyoq mushaklarini tomir tortishishlarida (spazmlari) bolani kiyintirayotganda,bir necha lahzadan bir necha daqiqagacha, bir necha soat va kunlargacha kuzatilishi mumkin. Oyoq kafti va panjalarda qattiq shishlar ham kuzatiladi. Kloniko-tonik talvasalar (eklampsiya) spazmofiliyani eng kam uchraydigan va yoqimsiz shaklidir. Bolada kloniko-tonik talvasalar xuruji bilan boshlanib hamma mushaklarning tortishishini o‘z ichiga oladi. Mimik mushaklar tortishishi bilan boshlanib, qo‘l va oyoq tomir tortishishlarini, nafas qisilishi, nafas ritmi buzilishini ham o‘z ichiga oladi. Bunda bola ko‘karishni boshlaydi, hushini yo‘qotadi. Lablarda ko‘pik paydo bo‘lib, axlat va peshob ajralishi kuzatiladi. Uzoq kechadigan talvasalarda tana harorati ko‘tariladi. Talvasalar bir necha daqiqadan bir necha soatlargacha kechishi mumkin. Shunday vaqtda yurak yoki nafas to‘xtashi mumkin. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda klonik talvasa tortishishlari, kattaroq yoshdagi bolalarda faqat tonik mushak tortishishlari kuzatiladi. Bolalarning birinchi olti oyligida eklampsiya laringospazm bilan, ikkinchi yarim yilligida qo‘l va oyoq mushak tortishishlari kuzatiladi.

Yana o‘qing:  KARIYES PROFILAKTIKASIDA MUHIM ChORA

Yashirin spazmofiliyada bola ko‘p bezovtalanadi, oyoq titrashlari, dahanining titrashi, nafas ritmining buzilishlari kuzatiladi. Bunday holatlarda albatta qondagi kalsiy, fosfor, kislotalar va asosi muvozanatini aniqlash lozim. Yashirin spazmofiliyadagi xarakterli belgilaridan biri ko‘z hamda va lab burchagining barmoq tekkizilganda tortishishi bilan kuzatiladi. Qonni biokimyoviy tekshirish ham gipokalsiyemiyani, giperfosfatemiyani va alkalozni aniqlashga yordam beradi.

Kasallik profilaktikasi: Raxitning oldini olish, kasallik alomatlari paydo bo‘lganida uni to‘g‘ri davolash zarur. Qonda biokimyoviy ko‘rsatkichlar miqdorini nazorat qilish shart. Shuningdek, bemor bolani kalsiy preparatlari bilan o‘z vaqtida davolash darkor. Bolaning doimo pediatr nazoratida bo‘lishi tavsiya etiladi.

Feruza NAZAROVA,

tibbiyot fanlari nomzodi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: