Qoni tahlilida xolesterin miqdori oshganligini ko‘rsatsa…

Keyingi paytlarda xafaqon, yurak infarkti va insult kasalliklarining “yosharib” borishi qayd etilmoqda. Buning oldini olish uchun 25 yoshdan keyin har olti oyda qonda xolesterin darajasini aniqlovchi tahlil topshirish kerak. Me’yordagi xolesterin darajasi 5,1 ni tashkil etadi. 6,2 dan baland raqamlar xolesterin ko‘tarilganidan darakdir.

Ko‘rinishi asalari mumiga o‘xshash bu modda bizning yashashimiz uchun zarur. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: bosh miya, asab tolalari, hujayralar qobig‘i aynan xolesterin moddasidan tashkil topgan. Xolesterindan gormonlar, ayniqsa, erkaklik gormoni testosteron hosil bo‘ladi. Binobarin, u kamaysa, erkaklar yaqinlikdan bosh tortadi, ayollarda esa hayz to‘xtaydi. Xolesterin darajasi tanada past bo‘lsa, odam depressiyaga moyil bo‘lib, o‘zini asrashga urinmaydi. Qon orqali xolesterin butun organizmga tarqaladi. Ammo uning me’yori oshsa, ateroskleroz, qon bosimining ko‘tarilishi, yurak va jigar kasalliklarini qarshi olavering. Xalq orasida yaxshi va yomon xolesterin haqida gap yuradi. Lekin bu moddaning 80 foizini jigarimiz ishlab chiqishini inobatga olsak, aslida gap xolesterinning oshishida emas, uni nima oshirishida ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Mayonez, ketchup, kolbasa, dumba va charvi yog‘i, chips, qotirilgan non (kiriyeshka), yarim tayyor mahsulotlar, ayniqsa, ko‘cha pishiriqlari, fast-fud taomlari ushbu moddaga nihoyatda boy sanaladi. Ularning ta’sirida qondagi xolesterin darajasi ko‘tarilishi mumkin. Bu degani ularni qancha kam yesangiz, noxush kasalliklarga chalinish xavfi shuncha kamayadi. Ammo xolesterin inson uchun kerakli ekanini ham aytib o‘tdik. U ham biz uchun quvvat manbai hisoblanadi. Yaxshi xolesterinni sut mahsulotlari, ayniqsa sariyog‘ va sutdan, tuxum, mol go‘shti va baliqdan topasiz. Bu mahsulotlarni me’yorda iste’mol qilishingiz, kayfiyatni ko‘taradi, harakat paytida kerakli quvvat bilan ta’minlaydi. Asosiysi, ovqatlanishda uglevodga boy mahsulotlarni ko‘paytirmaslik kerak. Bu degani xamirli ovqatlar va pishiriqlar, kartoshka iste’molida me’yorga e’tibor beriladi.

Nega xolesterin oshadi? Xolesternining oshishi har doim ham ovqatlanish tarziga bog‘liq emas. Ba’zi kasalliklar hisobiga kerakli moddaning miqdori oshishi mumkin. Uning natijasida esa qon tomirlarni yog‘li tiqimlar qoplashi, qon tomirlar o‘tkazuvchanligi yo‘qolib, qon quyuqlashishi, yurak zo‘riqib ishlashi mumkin. Misol uchun, buqoq kasali bilan og‘rigan kishilar qonida xolesterin yuqori bo‘ladi. Semizlik, klimaks davri, irsiy kasalliklar, qandli diabet, buyrak, yurak va jigar kasalliklarida ham xuddi shu holat. Hatto, ba’zi gormonal vositalar ham xolesterin darajasini ko‘tarishga qodir.

Xolesterinni me’yorga keltiruvchi mahsulotlar:

  • Ko‘katlardan – seldir va kashnich, ismaloq.
  • Go‘sht mahsulotlari – parranda go‘shti, baliq
  • Chaq-chuqlar – yong‘oq va bodom.
  • Mevalar – olma, anor, nok, qulupnay,uzum, sitruslilar;
  • Sabzavotlardan – lavlagi va qizil sabzi
  • Dorivor o‘simliklardan – mavrak, bo‘ymodaron, arslonquyruq va ko‘k choy;

*Aytishadiki, sariyog‘, tuxum va go‘sht mahsulotlari ko‘p iste’mol qilinsa, qonda xolesterin miqdori ko‘payadi. Ammo shu mahsulotlarni iste’mol qilmasangiz jigar xolesterinni yanada ko‘p ishlab chiqara boshlaydi. Xulosa shuki, hamma narsani me’yorda iste’mol qilgani yaxshi. Asosiysi, ko‘proq harakatda bo‘lib, kun davomida to‘g‘ri ovqatlanish va zararli ko‘nikmalardan voz kechishga qaratilishi shart.

Yana o‘qing:  «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi: faoliyat qisqa satrlarda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: