Parhez taomlar dasturxoni

Bemorlarning ovqatlanishi faqat ular organizmini ozuqaviy moddalar va zaruriy energiya bilan ta’minlash bo‘libgina qolmay, balki muhim davolovchi tadbir sifatida qaralishi kerak.

Parhez – bemor organizmida bo‘layotgan o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda mutanosib ovqatlanishdir. Organizmda tez hazm bo‘luvchi, me’da-ichak tizimida bemorni davolashga qaratilgan chora-tadbirlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bemorlarning parhez tutish­larida muhim o‘rinni faqatgina ovqat tarkibi emas, balki uning qabul qilish tartibi va qabul qilish davomiyligi, ovqat harorati va xokazolar egallaydi. Ko‘pgina kasalliklarni og‘ir yoki surunkali turga o‘tishi bemorning parhezni buzishi bilan bog‘liq. Masalan, diabet kasalligida parxezga rioya qilmaslik qonda qand miqdorining keskin ko‘tarilishiga olib keladi.

Parhezli ovqatlanish jarohatlangan a’zolar va tizimlarga ta’sir etib ularning faoliyati va tuzilishining tiklanishiga yordam berish uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Shuning uchun shifobaxsh parhezning asosiy tamoyili quyidagilardan iborat:

Ya’ni, ovqat fiziologik jihatdan to‘la qiymatli bo‘lishi shart. Taom o‘ziga xos terapevtik xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Davolovchi ovqatlanish, bemorlarning ovqatlanishi haqidagi fan diyetologiya deyiladi.

Ba’zi hollarda diyetologiya asosiy davolovchi usul sifatida qo‘llanishi mumkin. Masalan: ortiqcha vaznda, me’da-ichak tizimi kasallik­larida.

Parhez aynan kasallikning turiga bog‘liq bo‘ladi. Gipertoniya(xafaqon) kasalligi bilan xastalangan bemor parhezi qandli diabet yoki gepatit(sariq kasalligi) bilan xastalangan bemornikidan tubdan farq qiladi.

Parhez ma’lum stollarga bo‘linadi. Har bir stol o‘ziga xos kasallik bilan og‘rigan bemorlar uchun mo‘ljallangan. Har bir stol ma’lum yo‘nalishda bo‘ladi. Jigar va me’dani zo‘riqtirmaslik, ratsiondagi shakar miqdorini kamaytirish, ichak­lar faoliyatini rag‘batlantirish, shular jumlasidandir.

Endi barcha parhez stollari bilan yaqindan tanishib chiqamiz.

1-sonli parhez stoli me’da va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklarida belgilanadi. Qaynatilgan mahsulotlar kichik hajmlarda kuniga 5-6 mahal xasta kishiga beriladi. Bemorga tavsiya etiladigan mahsulotlar: kechagi qora va oq (bir kunlik) non, karamdan tashqari barcha sabzavotlar (artilgan, qaynatilgan holatda), sutli bo‘tqalar, bug‘da pishirilgan kotletlar, smetana, qaynatilgan go‘shtlar, mevalar.

Xasta odamga tavsiya etilmaydi: dag‘al o‘simlik kletchatkasi, mavjud qattiq qandolat mahsulotlari, qovurilgan ovqatlar. Kun davomida tuz 8 grammdan oshmasligi kerak. Juda issiq yoki juda sovuq, achchiq, nordon, sho‘r oziq-ovqat mahsulotlarini bemor yeyishi mumkin emas.

Yana o‘qing:  Gipertoniya va uning asoratlari

2-sonli parhez stoli surunkali gastrit (me’da shilliq qavatining yallig‘lanishi) va sekretor yetishmovchilik holatlarida belgilanadi. Ovqatlar qaynatilgan, bug‘da pishirilgan bo‘lishi kerak. S, V1, V2, RR vitaminlarga boy mahsulotlarni bemorga qo‘shimcha sifatida beriladi. Bir kecha-kunduzda tuz miqdori 12-15 grammdan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Yorma va sabzavotlardan sho‘rva, yog‘siz go‘shtlar (qaynatilgan holatda), sut, qatiq, smetana, tvorog, pishloq (qirg‘ichdan chiqarilgan yoki eritilgan holatda) bemorga tavsiya etiladi. Dukkakli o‘simliklar, qo‘ziqorinlarni iste’mol qilish mumkin emas.

3-sonli stol qabziyat(ich qotish)da beriladi. Ratsionga kletchatkaga boy, ichak peristaltikasi (harakati)ni oshiruvchi ozuqalar qo‘shiladi. Go‘shtlar, non, yog‘siz sho‘rvalar, qatiq, tvorog, asal, meva sharbatlari, grechkali taomlar, ko‘p suyuqlik ichish zarur. Asosan o‘simlik mahsulotlariga e’tibor qaratiladi. Achchiq choy, qo‘ziqorinlar, kakao, kofe, anor kabi ichni qotiradigan mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

4-sonli parhez stoli diareya (ich ketish)da kuniga 5-6 mahal beriladi. Kakao, kofe, qotirilgan nonlar, yog‘siz qatiq, smorodina, sho‘rvalar, qaynatilgan guruch bo‘tqalarni yeyish, achchiq choy ichish mumkin.

Sut, o‘simlik kletchatkasi, tuzlamalar, yogurtlar, shakar, dukkakli o‘simliklar, dudlangan mahsulotlar tavsiya etilmaydi.

5-sonli parhez stoli surunkali va o‘tkir gepatitlarda, xoletsistitlarda, sirrozlarda belgilanadi. Bu bemorlarga qovurilgan mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas. Non, sho‘rvalar (qaynatma), sabzavotlar, mevalar, sut mahsulotlari, shakar, asal tavsiya etiladi. Kuniga 200 gramm tvorog va bitta chala qaynatilgan tuxum albatta beriladi. Shovul, ismaloq, qo‘ziqorin, limon, kakao, nordon mevalarni yeyish tavsiya qilinmaydi. Alkogolli ichimliklar, rangli va gazli ichimliklar, yog‘li go‘shtlar, dudlangan mahsulotlar, konserva, muzqaymoqlar, kakao, shokolad ham bemorlar uchun zararli.

6-sonli parhez stoli podagra (bo‘g‘im og‘riqlarida), urat tuzlari bilan bog‘liq kasalliklarda belgilanadi. Sut va uning mahsulotlari, qora va oq non, shakar, asal, sho‘rvalar, shirin mevalar, murabbolar, sharbatlar, salat bargi, bodring, limon yoki olma, uzum sirkasi qo‘shilgan mahsulotlar, chala qaynatilgan tuxum, go‘shtni haftada 2-3 marta iste’mol qilish mumkin. Bir kecha-kunduzda tuz miqdori 6-8 grammgacha buyuriladi. Kuniga 2-3 litrgacha ko‘p suv ichish kerak. Bemorga S va V vitaminlarga boy mahsulotlar beriladi.

Go‘sht, jigar, buyraklar, dudlangan mahsulotlar, dumba, dudlangan cho‘chqa yog‘i, selyodka balig‘i, achchiq sous, shprot, pashtet, qo‘ziqorin, dukkakli mahsulotlar, ismaloq, shovul, kofe, kakao, shokolad, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish mumkin emas.

Yana o‘qing:  O‘smirlik davri psixologiyasi

7-sonli parhez stoli o‘tkir va surunkali nefrit (buyrak) kasalliklarida buyuriladi. Tuz kuniga 1-5 gramdan oshmasligi lozim. Non, baliq, parranda go‘shti, turli makaron, quyon go‘shti tavsiya etiladi.

Nordon va achchiq meva-sabzavotlar, tuxum, shakar, sho‘r, sut mahsulotlari, dukkakli mahsulotlarni yeyish zararli.

Ortiqcha vaznda 8-sonli parhez stoli buyuriladi. Qora non, yog‘siz qaynatilgan go‘shtlar, grechkali bo‘tqa, sabzavotlar, mevalar, sut va sut mahsulotlari (yog‘sizlantirilgan) tavsiya etiladi. Shirin mevalar, ziravorlar, yog‘li mahsulotlar tavsiya etilmaydi.

9-sonli parhez stoli qandli diabetda buyuriladi. Ratsionda uglevod va xolesterin cheklangan bo‘lishi zarur. Qora non, sabzavotlarga boy sho‘rvalar, yog‘siz baliq va mol go‘shtini iste’mol qilish mumkin.

Manniy yormasi, makaron, mandarin, shirinliklar, shirin mevalar, guruch, tuxum, sabzi, kartoshka, qizil lavlagi, asal, (kam miqdorda) tavsiya etiladi.

10-sonli parhez stoli yurak-qon tomir kasalliklarida buyuriladi. Bunda tuz, hayvon yog‘lari, xolesterin cheklanadi. Ko‘proq meva-sabzavotlar, turshak, baliq (laqqa), qora uzum, anjir, o‘rik, ko‘k olma, suli, tariq, grechixa yormasidan bo‘tqalar iste’mol qilishni bemorga tavsiya qilinadi. Yog‘li go‘shtlar, xamir, baliq uvildirig‘i, spirtli ichimliklar, konservalar, kofe, ot go‘shti, kaloriyasi kuchli ovqatlar yeyish man qilinadi.

11-sonli parhez stoli yuqumli kasalliklardan so‘ng (sil kasalligida hamda jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan bemorlarga) buyuriladi. Bunda oqsillar va minerallarga boy mahsulotlar tavsiya etiladi.

Kunlik ratsionda oqsillar 110-130 gr. (60 foiz hayvon oqsili), yog‘lar 100-120 gr, uglevodlar 400-450 gr, energetik ahamiyati 3000-3400 kkal bo‘lishi zarur.

12-sonli parhez stoli asab tizimi kasalliklarida buyuriladi. Bunday bemorlarga ziravorlar, spirtli ichimliklar, achchiq choy, kofe iste’moli cheklanadi. Jigar, til, sut va uning mahsulotlari, dukkakli o‘simliklar va fosfor mikroelementiga boy (ko‘proq baliq) va shu kabi boshqa mahsulotlar tavsiya etiladi.

13-sonli parhez stoli o‘tkir infeksion kasalliklarda buyuriladi. Bunda uglevod va oqsillarning miqdori kamaytirilganligi hisobiga energetik qiymat tushib ketadi. Shuning uchun vitaminlarga katta ahamiyat beriladi.

14-sonli parhez stoli buyrakdagi tosh ( fosfaturiya)da buyuriladi. Bu parhez stolining me’yoridagi ratsiondan farqi unda kalsiy va oshlovchi moddalar miqdori kamaytiriladi. Sut va go‘sht mahsulotlari cheklanadi.

15-sonli parhez stoli diyeta talab qilinmaydigan har xil kasalliklarda buyuriladi. Bunda fiziologik jihatdan to‘liq oziqlanish, qiyin hazm bo‘ladigan va achchiq, sho‘r va nordon mahsulotlardan cheklanish zarur.

Yana o‘qing:  Abu Ali ibn Sino

Hilola PRIMUHAMEDOVA,

O‘quv-davolash kompleksi Shayxontohur tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: