Mevali sharbatlar bolalarni semirtiradi(mi?)

Mutaxassislarning ta’kidlashicha bolalarga erta tongdan mevali sharbat berish ortiqcha vaznga sabab bo‘lishi mumkin.

Vena universiteti tadqiqotchilari o‘tkazgan natijalarga ko‘ra bolalarning erta tongdan mevali sharbat iste’mol qilishi tana vaznining ortishiga va semizlikka olib keladi. Tadqiqotlar ertalabdan sharbat ichuvchi va uni ichmaydigan 650 nafar bola o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, sharbat iste’mol qiluvchi bolalar uni iste’mol qilmaydiganlarga nisbatan bir yarim barobar ko‘p ortiqcha vaznga ega bo‘lishi aniqlangan. Aytish kerakki, mutaxassislar tadqiqot davomida bolalarning yoshi, vazni va nonushtasini alohida inobatga olgan holda baholab borgan.

Bugun dunyoda taxminan 29 foiz bola tana vaznining ortishi va semizlikdan aziyat chekadi. Ertalab tanovul qilingan sharbat esa buning yuzaga kelish xavfini yanada oshiradi. Ahamiyatlisi shundaki, nonushta paytida suv iste’mol qilgan bolajonlarda ortiqcha vazn 40 foizdan kamroq ekani ma’lum bo‘lgan. Sababi esa mevali sharbat tarkibi kaloriya va shakarga boyligi bilan izohlanadi.

Olimlarning aniqlashicha ko‘ngillilar orasida har 10 nafar boladan faqatgina 4 nafari ertalab nonushta qiladi. Qarangki, nonushta qilmaslik ham vaznning ortishiga sabab bo‘lar ekan. Buning sababi esa bunday bolalar kun davomida ovqatni keragidan ortiq iste’mol qilishidadir. Mutaxassislar ota-onalarga farzandlariga erta tongdan sharbat o‘rniga sarxil meva berishni tavsiya etishadi.

 

Oybek ERNAZAROV

Yana o‘qing:  Saratonning 4 turiga qarshi dori vositasi yaratildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: