Margansovka iste’moli cheklangan dorilar qatorida

Xalq orasida mashhur antiseptik vosita – margansovka anchadan beri iste’moli cheklangan dorilar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Agar sizga ham kerak bo‘lsa, aminmizki, uni hech bir dorixonadan topolmagansiz. Nima uchun? Sababini bilasizmi? Ochig‘ini aytganda oramizda margansovkani”tanish-bilishlaridan” topib, undan foydalanayotganlar ham yo‘q emas.

Yaqinda amerikalik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, margansovkali suvda muntazam cho‘milgan kishining yoki chaqaloqning miya faoliyatida buzilishlar kuzatilar ekan. Olimlarning tashxis natijasi: bunday bo‘lishiga suv tarkibidagi marganets moddasining bug‘lanishi oqibatida undan nafas olinganda inson organizmida katta salbiy o‘zgarishlar ro‘y berishi ma’lum bo‘ldi. Shimoliy Karolina shtatidagi Uek-Forest universiteti olimlarining fikricha bola 10 yoshgacha har kuni 10 daqiqada margansovkali dush qabul qilsa, tekshiruv o‘tkazilgan kalamushlarga nisbatan uch marta ko‘proq zarar ko‘radi. Oqibatda o‘quvchida maktab fanlarini o‘zlashtirish hamda hatti-harakati bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Uning qo‘l-oyoqlarida qaltirash alomatlari seziladi. Aynan shuning uchun olimlar margansovkali suvda cho‘milishni taqiqlashdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra margansovkaning nafaqat bizda, balki Ukraina, Rossiya va boshqa davlatlarda ham iste’moli cheklanibdi.

Yaralarga ishlov berishda, tomoq chayishda, ginekologik kasalliklarni davolashda, chaqaloqlarni cho‘miltirishda qo‘l keluvchi kaliy permanganat, ya’ni margansovkani oxirgi paytlarda topib bo‘lmay qoldi. Aholi orasida uni cheklanganligi to‘g‘risida turli “mish-mish”lar va uydirmalar yuribdi. Kimdir undan portlovchi modda olinadi desa, yana birov bu preparatni giyohvand moddaga o‘xshatishadi. Bu ovozalar qay darajada to‘g‘ri?

– Birinchi Prezidentimiz tomonidan 2000 yil 31 iyulda “O‘zbekiston Respublikasi hududiga narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqish va undan olib o‘tishning normativ – huquqiy hujjatlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Shu paytgacha har bir xonadon dori qutisidan joy olgan margansovka nima uchun “iste’moli cheklangan dorilar” ro‘yxatiga kirganligining asl sababi kaliy permanganat, ya’ni margansovka O‘zbekiston Respublikasi hududida iste’moli cheklangan prekursorlar ro‘yxatiga kiritilganidadir. Ushbu vosita ishlab chiqarishda foydalaniladigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega kimyoviy modda. Prekursorlar giyohvand moddalarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Aynan shu tufayli mazkur preparat “iste’moli cheklangan dorilar” ro‘yxatiga kiritilgan. Biroq, bu dorixonalarda umuman margansovkani topib bo‘lmaydi, degani emas.

– Prekursorlardan tibbiyot ehtiyojlarida foydalanish litsenziyasiga ega bo‘lgan dorixonalar ushbu moddaning 0,1 foizli eritmasini shifokor retsepti asosida tayyorlab beradi, – deydi Toshkent shahri “Dori-darmon” AJ Narkotiklar va psixotrop moddalar bo‘limi mudiri Sayyora Hasanova.

Yana o‘qing:  Yangi innovatsion olimpiada o‘tkaziladi

Margansovkani saqlashni o‘ziga xos usullari bor. Buning uchun maxsus xona kerak bo‘ladi. Xususiy dorixonalarda buning imkoni bo‘lmagani, aniqroq qilib aytganda saqlash qoidalariga mos kelmaganligi uchun va preparatning tannarxi qimmatga tushgani uchun sotilmayapti, emish.

Uzun-quloq gaplarga ko‘ra margansovka sababli ko‘p ko‘ngilsiz voqealar kelib chiqmoqda ekan. Bu voqeliklar sababchisi ushbu dorivor vosita ekanligiga ishonsa bo‘ladimi? Boshqa davlatlarda margansovkaning portlovchi moddaga tenglashirilgani sababli cheklangan, deyishadi. Ammo buning haqiqatga qay darajada yaqinligini bilmaymiz. Chunki margansovka tarkibida kaliy marganets hamda kislorod bor. Ehtimol uning biror modda bilan reaksiyaga kirishini inobatga olishgandir.

 

Gulandom UMAROVA,

jurnalist

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: