Kraxmalning qanday zarari bor?

Kraxmal (shilliq modda) bu polisaxarid bo‘lib, organizmda uzoq vaqt davomida qiyin hazm bo‘ladi. Bunday murakkab jarayondan so‘ng ushbu modda glyukozaga aylanadi. U kundalik iste’mol qilinadigan mahsulotlar tarkibida bor. Ya’ni, guruch, bug‘doy, un, suli yormasi, makkajo‘xori, oq va qora non, makaron, kartoshka va hakozolar shular jumlasidan.

Bundan tashqari kraxmaldan turli ovqatlar, oziq-ovqat mahsulotlarining tayyorlanishida va ularga ishlov berishda foydalaniladi (konservalar, yogurtlar, muzqaymoqlar hamda desertlar). Kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan bunday ko‘rinishdagi uglevodni iste’mol qilish haddan ziyod oshib ketmasa, uning organizmga zararli ta’siri kuzatilmaydi. Qachonki uning miqdori ko‘paysa, kraxmalning zarari ko‘zga tashlanadi. Chunki bunday holatda u qiyin hazm bo‘ladi, ichaklarda uzoq turadi va shilliq qavatlar yuzasida xiltlar hosil qiladi. Ayniqsa, kraxmalni yog‘li ovqatlarga qo‘shganda, ya’ni, kartoshkali chipslar va pishiriqlar tayyorlashda kuzatiladi.

Rafinadlangan kraxmalning ham zararli tomoni bor. Bunday mahsulot organizmda insulin moddasi miqdorini oshib ketishiga va tomirlarda salbiy o‘zgarishlar yuzaga kelishiga hamda ko‘rish qobiliyatining pasayishiga sabab bo‘ladi.

Ovqat ratsionida rafinadlangan kraxmal miqdorining ko‘payib ketishi natijasida ko‘ngil aynishi, qayt qilish, me’da faoliyatining buzilishi kelib chiqadi. Ko‘p miqdorda rafinadlangan kraxmal (tarkibida kraxmal bo‘lgan mahsulotlar termik ishlov berilganda) iste’mol qilinganda o‘sma kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Natijada qon tomirlari devorining yupqalashib ketishiga olib keladi. Bunday muammolar kelib chiqmasligi uchun imkon darajada tabiiy ko‘rinishdagi kraxmal (guruch, yirik tortilgan undan tayyorlangan non, qaynatilgan kartoshka, suli) tanovul qilish lozim.

Bunday mahsulotlar umumiy ovqat ratsionining uncha ko‘p bo‘lmagan qismi, ya’ni 20-30 foizini tashkil qilishiga e’tibor berish kerak. Ana shundagina kraxmal organizmga jiddiy zarar keltirmaydi. Bolalarga kraxmalli oziq-ovqat mahsulotlarini kam miqdorda berish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, homilador ayollarga (ayniqsa, ularda ichning dam bo‘lishi va qabziyat kuzatilganda) uning iste’molini cheklash tavsiya etiladi.

 

Fotima MUHITDINOVA,

Sayyora MULLAYEVA,

Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari

Yana o‘qing:  Prezident matbuot kotibi jurnalistlar ishtirokida brifing o‘tkazdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: