Konservalangan “zahar”dan totinmang yoki botulizm hayot uchun xavfli xastalik

Botulizm – ovqatdan zaharlanishlar ichida og‘ir kechadigan kasallikdir. Bu xastalik botulizm tayoqchalari bilan zararlangan ovqat iste’mol qilinganda organizmga tushadi va markaziy asab tizimini shikastlaydi.

Ushbu virus tayoqchalari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, tuproq, suv hamda hayvon va baliqlar ichagida uchraydi. Va, qobiq ichida uning sporalari yillar davomida saqlanadi. Ular kislorodsiz va qulay sharoitda ko‘payadi hamda inson uchun xavfli bo‘lgan zaharli toksin ishlab chiqaradi.

Sporalar bilan zararlangan konserva mahsulotlarining tashqi ko‘rinishi va ta’mida deyarli o‘zgarish kuzatilmaydi. Ayrim holatlarda shisha idishning tunuka qopqog‘i shishadi. Bunday mahsulotni iste’mol qilib zaharlangan odamda uning belgilari paydo bo‘lish jarayoni ikki soatdan 8-10 kungacha cho‘ziladi. Bemorda holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og‘riq paydo bo‘ladi. Jismlar xastaning ko‘ziga ikkita bo‘lib ko‘rinadi. Darmand kishida yutinishning qiyinlashishi  va gapirishda ovozning pasayishi, bo‘yin va oyoq mushaklarining zaiflashishi kabi klinik belgilarga e’tibor berish zarur. Kasallikni xonadon sharoitida o‘zbilarmonlik bilan davolash qat’iyan man etiladi. Lekin bu belgilar xastalikning birinchi va ikkinchi kunlarida kuzatiladi. Biroq, bu holat hamma bemorlarda ham kuzatilmasligi mumkin. Keyingi asoratlar esa juda ham xavfli. Ya’ni, xastaning qovoqlarining ochilmay qolishi, uning ovozining chiqmay qolishi, yutinishining qiyinlashishi, hattoki, nafas olish a’zolarining falajlanishi ogohlikka undaydi. Agar o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilinib, bemorga maxsus zardob yuborilmasa xastalikning og‘ir shakllari – yurak, qon-tomir va nafas tizimi xastaliklari yuzaga keladi. Buning natijasida esa bemorning hayoti xavf ostida qolishi mumkin.

Kasallikning oldini olish choralaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda va ularni tashishda, saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishning zarurligidir. Konservalarning qopqoqlari ko‘tarilib qolsa ularni iste’mol qilmasdan yo‘qotish kerak. Shuningdek, katta idishlarda (bochkalarda) har xil tuzlamalar tayyorlash tavsiya etilmaydi. Chunki ushbu idishning eng pastki qismlarida kislorodsiz muhit mavjud bo‘lishi mumkin. Mahsulotga tuproq zarralari bilan spora tushib qolgan bo‘lsa botulizm yuzaga keladi.

Tayyor mahsulotning suvini iloji boricha ichmaslik kerak. Chunki zahar mikdori ko‘pincha uning suvida bo‘ladi. Sabzavotlardan tayyorlangan ikralarni esa kamida bir soat mobaynida qizdirib olish darkor. Shundagina zahar zararsizlanishi mumkin. Undan tashqari konservalanib, tayyorlangan mahsulotlarni har qanday joyda tanovul qilmaslik joiz. Faqatgina botulizm kasalligi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar tayyorlagan hamda sanoat miqyosida ishlab chiqarilgan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir.

Yana o‘qing:  Me’yoridan ko‘p uxlashning qanday zararlari bor?

Mavjuda DAVRONOVA,

Sanitariya – gigiyena laboratoriyasi oliy toifali shifokori,

Navoiy viloyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: