Iqlim o‘zgarishi xavfli bakteriyalarni tarqatadi

AQSH va kanadalik olimlar kutilmagan xulosaga keldi. Ya’ni, global isish bakteriyalar muhitida halokatli o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Havo haroratining oshishi ushbu zararli mikroorganizmni antibiotiklarga nisbatan bardoshli bo‘lishini ta’minlashi isbotlandi.

AQSHdagi 223 ta kasalxona va laboratoriyalarning 2013 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davr oralig‘idagi ma’lumotlari ustida tahlil o‘tkazildi. Unga ko‘ra ichak tayoqchalari (Escherichia coli), Fridlender tayoqchalari (Klebsiella pneumoniae) va sariq stafilokokning (Staphylococcus aureus) antibiotiklarga bardoshliligi aniqlandi.

Bardoshlilikni oshib borish darajasi havo harorati ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari bilan taqqoslanganda haroratni Selsiyda 10 darajaga oshishi ichak tayoqchalarining yashovchanligini 4,2 foizga, Fridlender tayoqchalarini 2,2 foizga, sariq stafilokokni esa 2,7 foizga ortganligi qayd etilgan.

Bu o‘rinda aholi zichligi ham muhim ahamiyatga ega. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, bir kilometr kvadrat maydonga 25000 nafar kishi to‘g‘ri kelsa, ichak tayoqchalarining antibiotiklarga bardoshliligi 3 foizga, Fridlender tayoqchalarining bardoshligi esa 6 foizga oshar ekan.

Yana o‘qing:  NOROZILIKNI YASHIRISH SOG‘LIQ UCHUN XATARLI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: