Ifloslangan havo yurak uchun xavfli

Germaniyalik olimlar ifloslangan havoning inson salomatligiga qanchalik xavfli ekanligini aniqladilar.

Ma’lum bo‘lishicha, atmosferada azot oksidi zichligining oshib ketishi va odamlarda miokard infarkti va boshqa yurak xastaliklari xavfining paydo bo‘lishi o‘rtasida bog‘liqlik bor ekan.

Atmosferada azot oksidi miqdorining oshishiga issiqlik elektorstansiyalari va ichki yonuv dvigatellari sabab bo‘lmoqda. Ekspertlar 2003–2010 yillar oralig‘ida o‘tkir miokard infarkti bilan og‘rigan va Yena universiteti klinikasida davolangan bemorlarning tibbiy kartasini tadqiq qildilar va ma’lumotlarni ekologik vaziyat haqidagi ma’lumotlar bilan taqqosladilar.

Ekspertlar havodagi nafaqat azot oksidi, balki ozon va qurum zichligi hisobini ham oldilar. Aniqlanishicha, uglevodorod yoqilg‘isini yonishi natijasida hosil bo‘lgan azot oksidining salbiy ta’siri yaqqol ko‘zga tashlangan. Agar bir kub metr havo tarkibida azot oksidi 20 mikrogrammga oshsa, kun davomida o‘tkir infarktni rivojlanish xavfi ikki martaga ko‘payar ekan.

Yana o‘qing:  Ustozlik – yuksak maqom

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: