Ichak yallig‘lanishi yurak xuruji xavfini oshiradi

CaseWesternReserve universiteti olimlari tomonidan amalga oshirilgan 17,5 million nafar kishiga tegishli tibbiy ma’lumotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, qondagi yuqori darajadagi xolesterin, qon bosimi va chekish kabi zararli omillarga bog‘liq bo‘lmagan holda ichak yallig‘lanishi bilan og‘rigan shaxslarda yurak xuruji xavfi yuqori bo‘lar ekan.

Tadqiqot natijalaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ushbu dardga yurak xastaliklari xavfini keltirib chiqaruvchi mustaqil omil sifatida qarash lozim. Bunday kasalliklar sirasiga Kron xastaligi va yarali kolit kabi ikkita surunkali yallig‘lanish holati kiritiladi.

Tadqiqot ishtirokchisi Muhammad Panxvarning qayd etishicha 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlarda bunday xavf boshqalarga nisbatan ancha ko‘p uchraydi. Bu yoshdagi bemorlarda yurak xuruji ichak yallig‘lanishi bilan og‘rimagan tengdoshlariga nisbatan 9 marta yuqori.

AQSHning 26 ta sog‘liqni saqlash umummilliy tizimlari ma’lumotlari tahlil qilinib, qiyoslanganda ichak yallig‘lanishi bilan og‘rigan shaxslarda yurak xuruji ikki marta ko‘p uchragan. Yosh, jins va yurak xurujini keltirib chiqaruvchi an’anaviy omillar hisobga olinganda esa bu ko‘rsatkich 23 foizga yuqoriligi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, bunday holat 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarda erkaklarga nisbatan ko‘pligi ham qayd etilgan. Bu yoshdan keyin esa kasallik xavfi ayol va erkaklarda bir xil bo‘lgan.

Yana o‘qing:  Minnatdorlik maktubi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: