Hindistonlik shifokorlar tomonidan yurtimizda bepul tibbiy tekshiruvlar o‘tkazildi

 

Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimida yuqori va sifatli tibbiy xizmatni tashkil qilishda Hindiston bilan hamkorlik kun sayin keng yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xususan kuni kecha Toshkent va Andijon shaharlarida Hindistondan tashrif buyurgan shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tekin tibbiy ko‘rik, ana shunday xayrli ishlarning uzviy davomi bo‘ldi.

– Bir necha yillardan buyon O‘zbekistonga Hindistondan kuchli tajribaga ega tibbiyot mutaxassislari kelib bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda, – deydi “Afzal Medical tourism” direktori Mahbub Afzal. Bu yil ham shu an’anaga sodiq qolgan holda ortoped, kardiolog, travmatolog, gepatolog, vertegrolog, nevropotolog, urolog kabi mutaxassislikka ega shifokorlar tomonidan Toshkent va Andijon shaharlarida bepul tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi. Maqsadimiz nafaqat O‘zbekistondan bemorlarni Hindistonga olib borib davolash, balki yurtingizda ham tibbiyotni keng tarzda rivojlantirishdir. Xususan,  keyinchalik kichik-kichik jarrohlik amaliyotlari hindistonlik shifokorlar tomonidan yurtingizda amalga oshirilishi ko‘zlangan.

Hindistonlik mutaxassislar keyinchalik yurtimizda tibbiyot bo‘yicha turli konferensiyalar, mahorat darslarini o‘tkazishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan. Shu bilan bir qatorda o‘zbekistonlik shifokorlarni 6 oylik va 1 yillik shartnoma asosida Hindistonga olib borib malaka oshirishlari borasida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  MANZILLI TIBBIY KO‘RIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: