Gripp va infarkt xuruji o‘zaro bog‘liqmi?

Kanadalik tibbiyot xodimlari gripp tashxisi qo‘yilgandan keyin hafta davomida bemorda yurak xuruji xavfi 6 marta yuqori bo‘lishi haqida xulosaga keldilar.

Ekspertlar gripp infeksiyasiga uchraganligi laboratoriya sharoitida tasdiqlangan 20000 kishining ma’lumotlarini tahlil qildilar. Shundan 332 kishi ushbu xastalik bilan og‘riganidan so‘ng bir yil davomida yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizilgan.

O‘tkir respirator virusli infeksiya O‘RVI (xususan gripp) va o‘tkir infarkt miokardi o‘rtasidagi aniq bog‘liqlik qayd etilgan. Xavf asosan katta yoshli bemorlar, V turdagi gripp infeksiyasiga chalinganlar va hayotida birinchi marta yurak xurujiga uchragan kasallarda yuqoriligi aytilmoqda. Shuningdek, olimlar infarkt xavfi boshqa respiratorli viruslar bilan ham bog‘liqligini aniqladilar.

Mutaxassislar gripning tarqalish mavsumida emlashning muhimligi va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi haqida ta’kidlamoqda. Yana bemor o‘tkir respiratorli virusli infeksiya bilan og‘rigan vaqtida yuragida o‘zgarish sezsa, shifokorga albatta, uchrashishlari shart ekanligi tavsiya etilmoqda.

Yana o‘qing:  Sun’iy go‘sht

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: