FIZIOTERAPIYa muolajalari immunitetni ko‘taradi

Suv, quyosh, havo, elektr toki, ozokerit va boshqa shu kabi fizik omillar inson sog‘lig‘ini tiklashda muhim ahamiyatga ega.

Fizioterapiya yo‘nalishi tabiiy va inson hosil qiladigan fizik omillarning fiziologik va davolash ta’sirlarini o‘rgatadi. Organizmning kasallikka qarshi chidamligini oshirish, ya’ni tabiiy va maxsus immunitetni oshirish xususiyatiga ega. Organizmda har xil biologik faol moddalar hosil bo‘lishiga yordam beradi. Jumladan, vitamin D, gistamin, atsetilxolin, serotonin va boshqalar.

Fizioterapiya – bu patogenetik va simptomatik davolash, ya’ni fizik omillar kasallik patogeneziga yoki rivojlanish mexanizmiga ta’sir qilib, ularning belgilarini, ya’ni simptomlarini yo‘qotishga egadir. Bundan tashqari, fizioterapevtik muolajalar bilan kasallikning oldini olish – fizioprofilaktika ham alohida o‘rin tutadi.

Fizioprofilaktikaning birinchi qismi – kasallikning ikkinchi qismi – kasallik asoratining oldini olishdan iborat.

Fizioterapevtik muolajalar organizmga teri va shilliq qavatda joylashgan asab tolalari orqali ta’sir qilib, kerakli a’zolarni qo‘zg‘atadi. Bu turli muolajalarda turlicha, ba’zida tez, ba’zida sekin namoyon bo‘ladi.

Avval fizik omillar energiyasining organizmga so‘rilishi yuz beradi. Bunda fizik omillarning tanaga ta’sir qilish chuqurligi, to‘qima turi, qaysi to‘qimalarda energiya qay tarzda so‘rilishi, issiqlikning paydo bo‘lishi, ionazitsiya hodisasi, molekula hosil bo‘ladi. Masalan, nurlanish vaqtida nurlar epidermisga bir necha mikron chuqurligiga kirib boradi va o‘z yo‘lida suv molekulalarini kuchli ionlanishini hosil qiladi, natijada, to‘qimalarda issiqlik paydo bo‘ladi. Past chastotali impuls toklari harakatlanuvchi asablarda 0,5-2 sm chuqurlikda ionlarning doimiy darajasini o‘zgartiradi, buning asosida harakatlantiruvchi qo‘zg‘atish yordamida mushaklarning qisilishi kuzatiladi.

Fizik omillar energiyasining so‘rilishi, hosil bo‘lgan issiqlikning ta’siri natijasida organizmda biologik faol moddalar paydo bo‘ladi. Bunda qon tomirlarining kengayishi, qon aylanishining kuchayishi kuzatiladi, oqibatda yurak urishi tezlashadi, ba’zida bemorlarda qizish holatlari ro‘y beradi. Bu organizmning umumiy reaksiyasidir.

Fizik omillarning energiyasi so‘rilishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik ta’sirida yoki kuchli issiqlik energiyasi ta’sirida segmentar ta’sir vujudga keladi. Agarda ularning ta’siri kam bo‘lsa, unda termoregulyasiya tizimi ishga tushib, mushaklar tarangligini va oksidlanish-qaytarilishi reaksiyasining bosqichini o‘zgartiradi.

Bir necha fizik omillar ta’sirida qon aylanishi tezlashib, modda almashinuvi kuchayadi – bu nomaxsus ta’sirdir. Ya’ni, bir necha omillar uchun umumiy bo‘lgan ta’sirdir. Shu bilan birga, har bir fizik omillarning o‘ziga xos maxsus ta’siri mavjud. Masalan, faqat impuls toklari bilan mushaklarni qo‘zg‘atish mumkin. UFO nurlari bilan ta’sir etganda “D” vitaminining hosil bo‘lishi, vannalarning kimyoviy tarkibiga qarab o‘ziga xos maxsus ta’siri bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Immunitetni ko‘tarish uchun

Fizioterapiya muolajalari asosiy va qo‘shimcha muolajalardan iborat. Asosiy muolajalar ichki a’zolarda kasallikni qaytarishga qaratilgan. Masalan, DMV buyrak usti beziga ta’siri natijasida gormonlar qonga yaxshi ajralib chiqadi. Elektrouyqu qondagi qand miqdorini kamaytiradi. Fizioterapevtik muolajalar organizmning umumiy holatiga, patologik jarayon turiga, uning klinik holatlariga, bosqichiga, yo‘ldosh kasalliklarga qarab tavsiya etiladi. Fizik omillar miqdorini belgilayotganda bemorning shu vaqtdagi holatiga, patologik jarayonning belgilariga, organizmning sezuvchanligiga e’tibor berish lozim.

Esda tutish kerakki, fiziomuolajalarni asosan kichik jadallikda berish maqsadga muvofiq. Muolajalarni kichik dozada berish hujayra faoliyatini qo‘zg‘atadi, katta dozalar bosadi.

Fizioterapevtik muolajalar, jumladan elektr bilan davolash turlari xilma– xil va ular organizmga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ularning ta’siri turli tarmoqlardagi (regionar, periferik, markaziy) qon aylanishini, to‘qima oziqlanishini, modda almashuvini, yaxshilaydi, neyrogumoral ta’sir etadi, buzilgan immun jarayonlarni tiklaydi.

Oliy toifali shifokor Qo‘yli YO’LDOSHEV tavsiyalari asosida M.AHMEDOVA tayyorladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: