ENTSEFALOPATIYa qanday kasallik?

Tibbiyot sohasida “ensefalopatiya” (bosh miya nuqsonlari) tushunchasida yallig‘lanish bilan bog‘liq bo‘lmagan, turli xil etiologiya (kasallikning kelib chiqish sabablari va rivojlanish xususiyatlari)ga ega va ayni vaqtda, bosh miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xastaliklar guruhi ifodalanadi.

Mutaxassislar tug‘ma va orttirilgan ensefalopatiyani farqlashadi. Kasallikning tug‘ma shakli homiladorlikning perinatal davridan (28 haftadan) boshlab go‘dak tug‘ilganidan keyingi birinchi haftasigacha aniqlanishi mumkin. Bu davrda kasallik rivojlanishidan darak beruvchi patologik alomatlar, homiladorlik vaqtida kislorod yetishmasligi, tug‘ruq vaqtida yuz beradigan turli xil jarohatlar oqibatida paydo bo‘ladi. Ensefalopatiyaning rivojlanishi ehtimolini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan omillar orasida quyidagilar e’tirof etiladi:

Ya’ni, homiladorlik davrida onaning kasallikka chalinishi, vaqtidan ilgari tug‘ish ushbu kasallikning rivojlanishiga zamin yaratadi. Shuningdek, homila vaznining haddan tashqari kattaligi hamda uning bo‘yniga kindik o‘ralib qolishi, ba’zi sabablarga ko‘ra og‘ir kechadigan tug‘ruq jarayonlari ham ensefalopatiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, bemorda neyroinfeksiya, ota-onaning giyohvand bo‘lishi, jigar va buyrak kasalliklari, ishemiya(bosh miyaning surunkali ravishda kislorodga to‘yinmasligi), qandli diabet, qon tomirlar tizimlari faoliyatining izdan chiqishi (bosh miya ichki bosimining oshib ketishi, vegetativ tomirlar tizimlari distoniyasi), nurlanish ham bosh miyada turli nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Ateroskleroz, gipertoniya, dissirkulyasiya, xafaqon kasalligi sababli qon tizimlari faoliyatidagi salbiy o‘zgarishlar kuzatiladi.

Agar ensefalopatiyaning rivojlanishiga e’tiborsizlik qilinsa eng avvalo bosh miya faoliyatining buzilishi ro‘y beradi. Noxush oqibatlar avj oladigan bo‘lsa epilepsiya (tutqanoq), serebral falajlik va boshqa og‘ir kasalliklar paydo bo‘lish ehtimoli kuchayadi. Malakali mutaxassis bo‘lgan shifokor yuqorida aytib o‘tilgan holatlar aniqlangan vaqtda bu tashxisni juda erta qo‘yishi va shunga yarasha muolajalar tayinlashi mumkin.

Orttirilgan ensefalopatiya katta yoshli odamlarda ham uchraydi. Bu vaziyatda turli xil yuqumli kasalliklarning asoratlari, zaharlanish, bosh miyaning tuzilmaviy va funksional o‘zgarishlari, shikastlanishlar va xavfli o‘smalarning paydo bo‘lishi kabilar muhim rol o‘ynaydi.

Ta’kidlash lozimki ensefalopatiyaning klinik alomatlari doim ham yaqqol ifodalanavermaydi. Har holda kasallikning rivojlanib borishidan darak beruvchi bir qator alomatlar ko‘rinadi: Ya’ni, bemor haddan tashqari jizzaki va serjahl bo‘lib qoladi. Shuningdek, xasta odam juda tez holdan toyadi, uyqusizlik qiynab, boshi og‘riydi. Xotiraning susayishi, aqliy faoliyatning buzilish alomatlari ko‘zga tashlanadi, bemor o‘z hissiyotlarini boshqara olmaydi. U hech bir asossiz tajovuz qilishga moyil bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Balog‘at davri – nozik palla

Ensefalopatiyaning bosh sababchisi spirtli ichimliklar yoki boshqa zaharli xususiyatga ega moddalar ekanligi ma’lum bo‘lsa, bunda kasallikning o‘tkir kechishi, bemorda o‘ziga xos psixoz va surunkali rivojlanishlar kuzatilishi mumkin.

Taassufki, tibbiyotda “perinatal ensefalopatiya” degan noxush tashxis aksariyat go‘daklarga qo‘yilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ota-onalar ruhiy tushkunlikka tushishi yaramaydi. Bunda shifokorning bunday tashxis qo‘yishi to‘la asos bo‘la olmaydi ikkinchidan, bola organizmi o‘suvchan va moslashuvchan xususiyatga ega bo‘ladi. Davolanish muolajalaridan so‘ng ularda klinik alomatlarning bartaraf etilishi bunga asos bo‘la oladi.

Perinatal ensefalopatiyani bartaraf etish uchun avvalo asab tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir etadigan quyidagi omillarni bartaraf etish lozim.

Ota-onalar toksik(zaharli) ta’sir ko‘rsatishi lozim bo‘lgan alkogolli ichimlik va narkotik moddalarni, ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dori moddalarini qabul qilmasliklari zarur. Har bir inson yuqumli kasalliklarga chalinishning oldini olishi, hadeb ruhiy zo‘riqish holatlariga tushib qolishdan saqlanishi lozim.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha kasallikning rivojlanishida inson irodasiga bo‘ysunmaydigan omillar jumlasiga gipoksiya, ya’ni bosh miyaning kislorod bilan yaxshi ta’minlanmasligini kiritish lozim.

Shu bois perinatal ensefalopatiyani davolashda mumkin qadar ertaroq shifokorga murojaat etish zarur. Profilaktik maqsadlarda ayniqsa, ota-onalarga kasallikning kelib chiqish sabablari, klinik alomatlari, noxush oqibatlari haqida kerakli ma’lumotlarni yetkazish tavsiya etiladi.

Sababi ota-onalar tug‘ilgan go‘daklarida quyidagi alomatlarni sezishlari bilan shifokorga murojaat etishlari lozim. Ya’ni bular go‘dak mushaklari tarangligining buzilishi, bolaning tez-tez qusishi, bosh liqildog‘ining kattalashib ketishi, bolaning turli taassurotlarga (chiroq nuri, tovushlarga) reaksiya bildirmasligi, termoregulyasiya(tana haroratining bosh miya tomonidan boshqarilishi) kabilarning buzilishi va hakozo.

Kasallik oqibatida ushbu dardga chalingan yosh bolalarning ruhiy, jismoniy rivojlanishida kuzatiladigan kamchiliklar – bu uzoq vaqt davomida fikrni bir yerga jamlay olmaslik, ichki a’zolarning funsional faoliyatida kuzatilishi mumkin bo‘lgan salbiy o‘zgarishlar, qolaversa, gidrotsefaliya (bosh miya istisqosi), epilepsiya,(tutqanoq) serebral falaj kabilarni misol qilish mumkin. Bir so‘z bilan aytganda dardni davolagandan ko‘ra uni oldini olgan afzal.

Oliy toifali nevropatolog Muhiddin OQNAZAROV tavsiyalari asosida Maryam AHMEDOVA yozib oldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: