Chekish eshitish qobiliyatining pasayishiga olib keladi

Britaniyalik olimlar tomonidan 8 yil davomida olib borilgan va 50 ming kishi ishtirok etgan tadqiqot natijalari chekish eshitish qobiliyatining buzilishiga olib kelishi mumkinligidan dalolat bermoqda.

Tadqiqotchilar har yili o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik natijasida olinadigan audiotashxis va so‘rov varaqasini to‘ldirish bo‘yicha tahlil olib borgan. Shuningdek, chekuvchining ayni vaqtdagi ahvoli (har zamonda chekkan, avval chekkan, ayni vaqtda chekadi), bir kunda chekadigan sigaret soni va boshqa savollar o‘rganilgan. Eshitish qobiliyatining pasayishida sanoat korxonalaridagi shovqin omili borligini hisobga olganda ham chekuvchilarda bunday salbiy ta’sir yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Kashanda chekishni tashlaganidan keyin ham eshitish qobiliyatining pasayishi yana 5 yil davom etgan.

Tadqiqotchilar uzoq vaqt davom etgan kuzatuv, tahlil qilingan materiallar bazasiga tayanib shunday xulosaga keldilarki, eshitish qobiliyatini yo‘qotishda chekish turdosh yoki yo‘ldosh omil emas, balki mustaqil salbiy ta’sir omili sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, eshitish qobiliyatining yomonlashuvining oldini olish uchun tamaki chekishga qarshi kurash olib borish lozim ekan.

Yana o‘qing:  Gimnastikachilarimiz g‘alabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: