Bolalarda nega adenoid rivojlanadi?

Mavsum o‘zgarishi bilan ayniqsa, immuniteti past bo‘lgan bolalar gripp va O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)larga tez-tez chalinishga moyil bo‘lib qolishadi.

Ko‘pincha ota-onalar bu kasallikka e’tiborsizligi tufayli uning asorati uzoq davom etishi oqibatida adenoid xastaligi rivojlanadi.

Adenoid – bu burun-xalqum sohasidagi murtak. Bu a’zo organizmda immunitet uchun mac’ul. Uning kattalashuvi ya’ni, adenoid vegetatsiyasi murtaklarning shishishi bilan kechadigan kasallikdir. Odatda turli infeksiyalar sababli (qizamiq, skarlatina, bo‘g‘ma, gripp, bodomcha bezlarining yallig‘lanishi, yuqori nafas yo‘llari xastaliklarida) ushbu dard kuzatiladi.

Adenoid ko‘pincha 2-15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Ba’zan xastalik 2 yoshdan kichik bolalarda ham kuzatiladi. Bundan tashqari kasallikka irsiy moyilligi mavjud bola organizmini chiniqtirmaslik, ota-onalarning kichkintoy parvarishidagi e’tiborsizliklari ham uning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Kasallikni davolash asosan adenoidning kattalashishi darajasiga qarab belgilanadi. Konservativ davoda esa uni keltirib chiqargan sabablarga qarshi choralar ya’ni, asosiy xastaliklarni davolash bilan birga antigistamin dorilar, immunitetni mustahkamlovchi vositalar, burunga tomiziladigan dorilarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Agar adenoid o‘lchami 2-3 darajaga kattalashganda konservativ davo samara bermasa jarrohlik amaliyoti-adenotomiya amaliyoti o‘tkaziladi. Adenoid kattalashganda bemorning asosan burun orqali nafas olishi buziladi.

Adenoidning 3 ta turi bor. Uning 1 darajali kattalashishida bola uyg‘oq paytda burundan nafas olishga qiynalmaydi. Faqat u uxlagan paytida burnidan nafas olishi qiyinlashadi. Keyin xastaning og‘zi bilan ham nafas olishini kuzatish mumkin. Ushbu dardning 2-3 darajalarida uyg‘oq paytda ham burundan nafas olish qiyinlashib, bolaning yuz tuzilishida yuqori va pastki jag‘lar noto‘g‘ri o‘sishi, tishlar notekis chiqishi mumkin.

Uzoq davom etgan burundan nafas olishning buzilishi keyinchalik miyada qon aylanishining ma’lum miqdorda buzilishiga sabab bo‘ladi. Bu esa bolada bo‘shanglik, xotiraning zaiflashuviga, uykuga to‘ymaslik, kichik yoshdagi bolalarda tajanglik kuzatiladi. Ba’zan ushbu dard bolalarda ko‘krak qafasining noto‘g‘ri rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Yuqorida nomlari tilga olingan yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun ota-onalar bolaning kun tartibiga qat’iy rioya qilishlari zarur. Uning badantarbiya bilan shug‘ullanishi, toza havoda sayr qilishini kattalar odatga aylantirishi, uning oqilona va sifatli ovqatlanishiga e’tibor berishlari zarur. Undan tashqari bolalarni sport bilan muntazam shug‘ullantirib chiniqishlariga e’tibor berish kerak. Va albatta, bemor bolalar o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari shart.

Yana o‘qing:  Miyani zararlovchi 12 odat

 

Otorinolaringolog shifokor

Nilufar ALIMARDONOVA

tavsiyalari asosida

Dilfuza AZIMOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: