Bolalar taomnomasidagi bo‘tqalarning ozuqaviy ahamiyati haqida

Bo‘tqalar bolalarga asosan ertalabki nonushtada, ba’zan  kechki ovqat sifatida ham tavsiya etiladi. Manniy, makkajo‘xori, suli, marjumak (grechka), guruch, perlovka va boshqa donlar yormalaridan tayyorlangan bo‘tqalar tarkibida sekin hazm bo‘luvchi uglevodlar bo‘lgani sababli ular organizmga quvvat beradi. Bu taomlar uzoq vaqt qorinni to‘q tutadi.

Makkajo‘xori yormasi

Tuyilgan makkajo‘xori donida ko‘plab vitamin va mikrounsurlar mavjud.  Bunday bo‘tqa bolalarning ovqat hazm qilish tizimiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Ularning immunitetini ko‘taradi va organizmda metabolizmni yaxshilaydi. Shuningdek, tanadan turli zararli moddalarni haydab chiqaradi. Yana organizm­ning umumiy holatini mo‘tadil qilib kayfiyatning ko‘tarinki bo‘lishini ta’minlaydi. Bu bo‘tqani sevib iste’mol qiluvchilarning tishlari va milklari sog‘lom bo‘ladi.  Uning zarari shundaki, ko‘p yeyilsa ortiqcha vaznga sabab bo‘lishi mumkin.

Bug‘doy bo‘tqasi

Bunday yorma yirik navli bug‘doyni qayta ishlash asosida tayyorlanadi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda uglevodlar, yog‘lar, oqsil, kraxmal mavjud. Bu bo‘tqa kaloriyasi kamligi bilan ajralib turadi. Immunitetni ko‘tarib, organizmning umumiy quvvatini oshiradi. Shu sababdan bug‘doy bo‘tqalarini kattalar ham iste’mol qilsa bo‘ladi. Ayniqsa, og‘ir jismoniy yuklamalarni bajaradigan insonlar uchun bu taom juda foydali.  U ajoyib antioksidant bo‘lib, tanada moddalar almashinuvini yaxshilaydi, xolesterinni kamaytiradi. Jigar va qon yaratish tizimini faoliyatiga ijobiiy ta’sir etadi. Tanadan turli xiltlarni, ortiqcha yog‘ va tuzlarni chiqarib tashlashga yordam beradi. Shuningdek, gipoteriozda (qalqonsimon bez faoliyati sustligi), me’da yarasi yoki yurak xastaliklarida bu bo‘tqani diyetolog-parhezshunos bilan maslahatlashib iste’mol qilish lozim. 

Arpa bo‘tqasi

Uning (perlovka) yormasidan pishirilgan bo‘tqa qadimda shoh navkarlarining ovqatlanish ratsioniga kiritilgan. Bu arpa donida mushaklarni o‘stiruvchi va horg‘inlikni bartaraf etuvchi fosfor borligi uchun bo‘lsa kerak. Ushbu yorma tarkibi oqsil, uglevodlar, yog‘lar va turli vitamin (asosan V guruh vitaminlari) va mikrounsurlarga boy. Uni iste’mol qilganda sochlar, teri va tirnoqlar ko‘rinishi chiroyli va sog‘lom bo‘ladi. Bu mahsulot immunitetni ko‘tarib, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi. Ammo me’da yarasi va pankreatit (me’da osti bezi­ning yallig‘lanishi) xastaligi mavjud bemorlar uni ezilib ketguncha pishirishlari zarur. Arpa bo‘tqasini homiladorlar, qorni dam bo‘ladigan xastalar va qabziyatda ehtiyot bo‘lib iste’mol qilgan ma’qul.

Yana o‘qing:  Irsiyatning intellektga ta’siri

Guruch bo‘tqasi

Bugungi kunda aynan guruch bo‘tqasi dunyo aholisi tomonidan suyib iste’mol qilinadi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda uglevodlar va barcha vitamin va minerallar mavjud. Guruchning shifobaxshligi absorbentlik (organizmni tozalash) xususiyatidadir. U tirnoqlar, soch ko‘rinishini yaxshilaydi. Asab tizimini mustahkamlaydi, uyquning me’yorida bo‘lishini ta’minlaydi. Ayniqsa, bolalar taomnomasida ko‘proq guruch bo‘tqasi ishlatilsa foydadan xoli bo‘lmaydi.

Marjumak bo‘tqasi

Marjumak (grechka) bo‘tqasi oqsil, uglevod va yog‘larning konidir. Unda barcha vitaminlar va mikroelementlar bor. Shu bois ozish uchun parhez tutadiganlarga bu juda ham qo‘l keladi. Uning tarkibidagi foydali moddalar  bolalarda anemiya (kamqonlik) ning oldini oladi. Shuningdek, grechka ovqat hazmini yaxshilaydi, qon tomirlarni mustahkamlaydi. Bu bo‘tqa asab buzilishlarida, bavosil (gemorroy), revmatizm, (bod) qandli diabet, artritda tavsiya etiladi.

Suli bo‘tqasi

U ko‘pincha nonushtada iste’mol qilinadi. Sulini boshqa bo‘tqalar kabi suvda va sutda pishirib tayyorlash mumkin. Tarkibida Ye va V vitaminlaridan tashqari, temir, fosfor, rux, kaliy kabi mikrounsurlar mavjud. Undagi beta-karotin xolesterinni kamaytirib, tomirlarda tiqilmalar hosil bo‘lishining oldini oladi. Kaloriyasi ko‘p bo‘lgani uchun immuniteti past, sog‘lig‘i zaif bolalarga haftada 2 marta tavsiya etiladi. Suli bo‘tqasini ortiqcha vaznli kishilarga ko‘p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Guli Islom ShAYX qizi,

Professor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: