“Baxt tabletkasi” hayvonlarda yumor hissini uyg‘otdi

AQSHdagi Shimoli-g‘arbiy universitetning molekulyar terapiya markazi olimlari hayvonlar bilan turli tadqiqotlar o‘tkazish orqali “baxt tabletkasi”ni yaratish ustida ish olib bormoqda.

Ya’ni, ular ruhiy siqilishning oldini oluvchi yangi dorini kalamushlarda sinovdan o‘tkazmoqda.

Zamonaviy ilmiy tasavvurlarga ko‘ra, kulgi bir-biri bilan o‘ynayotgan odamsimon maymunlarda kuzatiluvchi «pishillash»dan kelib chiqqan. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha maymunlar nafaqat kuladi, balki o‘ziga yarasha hazilkashlik ham qilar ekan.

Boshqa hayvonlarda ham yumor hissi bormi, degan savol tug‘iladi. Kalorado universiteti olimi, “Hayvonlarning emotsional hayoti” kitobi muallifi Mark Bekoffning  fikriga ko‘ra, yumor hissi barcha sut emizuvchilarga xos va ilm-fan yaqin orada buni isbotlaydi. Bekoff taniqli olim Charlz Darvinning “inson va hayvon intellekti orasidagi farq mohiyatda emas, balki darajada ekanligi” to‘g‘risidagi fikrini eslatib o‘tadi. Ya’ni, insonlarda yumor hissi bo‘lsa, u hayvonlarda ham bo‘lishi ehtimoli juda yuqori. Qizig‘i, kalamushlar bilan tadqiqot olib borayotgan olimlar ularni qitiqlab ko‘rishdi.  Bungacha bir-biri bilan hazillashib kurashayotgan va quvlashib yurgan kalamushlar 50 kGs chastotada ultratovushli chi­yillash chiqarishi aniqlangan edi. Kemiruvchilarning qorni qitiqlanganda ham xuddi shu tarzdagi chiyillash qayd etildi.

Olimlar elektrodlar, opiat va bosh­qa vositalar yordamida miyadagi huzur markazlariga ta’sir o‘tkazganlarida, kalamushlar yana shunday “baxt­li” ovoz chiqargani qayd etilgan.

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Soch to‘kilishini to‘xtatish sirlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: