Badminton sportining sog’liq uchun 10 foydali xususiyati

Badminton professional va ko’ngilochar o’yin sifatida juda mashhur. U nafaqat mahoratni, balki sizning jismonan kuchli va ko’rkam bo’lishingizga yordam beruvchi keng tana harakatini, epchillikni ham talab etadi.
Ochig’ini aytganda, badminton bugungi kunda barcha yosh toifasidagi insonlar orasida mashhur bo’lishga ulgurdi hamda u o’ynash uchun juda oson. Bundan tashqari, siz badminton o’ynash uchun maxsus maydon – kortga borishingiz ham talab etilmaydi. Shuningdek, badmintonning sog’liq uchun bir qator afzalliklari ham mavjud. Quyida e’tiboringizga bu o’yinning 10 foydasi haqida ma’lumotlarni havola etamiz:

1. Vaznni kamaytirish hamda ortiqcha yog’lardan xalos bo’lishga yordam beradi.

Badminton ko’p jismoniy harakatlarni taqozo etadi. Shunchaki 1 soat davomida shug’ullanish natijasida ham siz barcha sport turlari orasida eng yuqori deya baholanadigan 400-550 kaloriyani yo’qotishingiz mumkin. Bu shuni anglatadiki, siz muntazam badminton bilan shug’ullanib bir oyda 4 kilogramm vazndan xalos bo’lasiz. Bundan tashqari, badminton yanada ko’proq yog’lardan qutulishga yordam beruvchi barcha muskullaringizni ishlatishga undaydi.

2. O’pka sog’lig’ini yaxshilaydi.

Badminton o’ynash o’pkangiz sog’ligi hamda faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Bu sport turi bilan shug’ullanganlarda burun yo’llari ochilib, xurrak otishning oldi olinganligini ko’rishimiz mumkin. Asosiy sabab sog’lom qon aylanishini yaxshilash va butun tananing chidamliligini oshirish xususiyatidadir.

3. Qon bosimi oshishini davolashga yordam beradi.

Yuqori qon bosimi uchun ichayotgan barcha dorlaringizni bir chetga uloqtiravering, chunki badminton nafaqat qon bosimini tushirishga yordam beradi, balki uni butunlay davolaydi ham. Badminton o’ynash qon bosimini normal holatga keltirib, tanangizda dorilardagi kabi xususiyatlarga ega tabiiy kimyoviy reaksiyalarni ishlab chiqaradi.

4. Diabet xavfini kamaytiradi.

Chunki badminton yetarlicha jismoniy mashg’ulotlarni talab etadi, u jigaringizdagi har qanday qandli mahsulotlar keltirib chiqargan qondagi ortiqcha qand miqdorini kamaytirishga yordam beradi.

5. Suyak zichligi (qalinligi)ni oshiradi.

Badminton ortiqcha vaznni yo’qotish, tanadagi yog’ miqdorini kamaytirish bilan birga, suyaklardagi kuchlanishni ham yengillashtirib beradi. Suyaklar o’sishiga yordam beruvchi hujayralar va ularni kuchlantiruvchi maksimal kalsiy to’planishiga imkon yaratadi.

6. Yurak faoliyatini yaxshilaydi.

Ulg’aya borganimiz sari yurak devorlarida xolesterinning to’planishi bugungi kunda juda oddiy holga aylanib bormoqda. Bu yurak xuruji, miyaga qon quyilishi va zaiflikka sabab bo’ladi. Badminton qo’shimcha yog’larni eritib, tanangizdagi ortiqcha xolesterindan xalos bo’lishga yordam beradi, buning natijasida yurak muskullari kuchlilashib, yurak xuruji xavfining oldini olishga erishish mumkin. Badminton tanangizdagi yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (inglizcha “HDL” – High density lipoproteins), ya’ni “yaxshi”, foydali xolesterinlar darajasini oshirishga yordam beradi.

Яна ўқинг:  Кўз ёш терапияси: нима учун йиғлаш фойдали?

7. Harakatchanlik, aqliy qobiliyat va mahsuldorlikni oshiradi.

Mukammal harakatlarni talab qiluvchi badminton, shuningdek, hushyorlikka ham undaydi. U ishlayotganingizda diqqatni jamlashga, chaqqon bo’lishga, stressdan qutulishga, kuchli bo’lishga yordam beradi.
8. Metabolizmni yaxshilaydi.
Badminton o’ynaganda kardio-pulmonar faoliyat tanangizda tabiiy terlashni keltirib chiqaradi va toksinlarni yo’qotib, moddalar almashinuvini yaxshilashingiz mumkin. Yaxshilangan metabolizm ko’proq kaloriyani yo’qotib, yanada sog’lom va go’zal bo’lishingizga zamin yaratadi.

9. Ijtimoiy munosabatlarda yordam beradi.

Albatta, badmintonni yolg’iz o’ynab bo’lmaydi. Shuningdek, bir odam bilan qayta-qayta o’ynayverish ham sizni zeriktirishini aniq. Demak, har safar yangidan yangi raqobatchilarni izlaysiz va bu sizga insonlar bilan, atrofingizdagi jamoatchilik bilan aloqalaringizni yaxshi yo’lga qo’yishga imkon beradi.

10. Yaxshi hayot tarzi.

Badminton sog’lig’ingizga beradigan barcha foydasining natijasi sifatida siz, har doimgidan ko’ra yaxshiroq turmush tarziga ega bo’lasiz. Yaxshi uyqu yordamida o’zingizni yana ham faolroq, g’ayratliroq his qila boshlaysiz, kunlik rejalaringizni muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Bundan tashqari, jismoniy jihatdan kuchli bo’lish va sog’lom miya faoliyati diqqatingizni jamlashingizga, har kuningizning a’lo o’tishiga ajoyib zamin yaratadi.

Mana, nega sport inson sog’lig’i uchun foydali! Hali ham o’tiribsizmi, darhol biror sport turi bilan shug’ullanishni, hech bo’lmaganda, jismoniy mashqlar bajarishni boshlang. Shunda hayotingizda aql bovar qilmas ajoyib muvaffaqiyatlarga erishasiz!

Dilruh Isomiddinova

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: