AQSHlik biologlar teri qarishini sekinlashtiruvchi vositani topdi

AQSHlik biologlar arzonga sotib olish mumkin bo‘lgan metilenli ko‘k bo‘yoq odam terisiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi.

Ilmiy tajriba o‘tkazish uchun mutaxassislarga uch xil kategoriyadagi odamlarning teri hujayralari kerak bo‘ldi, bular – o‘rta yoshdagi sog‘lom kishilar, 80 yosh atrofidagi keksa kishilar va tez qarishni keltirib chiqaruvchi alohida kasallikka chalingan yosh odamlar.

Ushbu bo‘yoq ta’sir qilinganida teri namunalari ahamiyatli tarzda yaxshilandi, bunga tomirlar shakllanishi, teri jarohatlarining bitib ketishi, kollagen va elastin sintezi va boshqalar uchun javob beruvchi fibroblastlar umrining uzayishi sababchi bo‘lgan.

Biologlar, shuningdek, bo‘yoqning teriga ta’siri natijalari vaqtinchalik bo‘lmaganini va o‘zgarishlar tajriba tugaganidan keyin ham kuzatilganini ta’kidladi.

Metilenli ko‘k bo‘yoq zarur konsentratsiyada olinsa, ko‘k rangga bo‘yalishni keltirib chiqarmaydi, shu tufayli, biologlar bo‘yoqni teri qarishini sekinlashtirish uchun ishlatish imkonini beruvchi yangi tajriba va tadqiqotlarga umid qilmoqda.

Manba: daryo.uz

Yana o‘qing:  Tadqiqot: Oqsil parhezi uyquni yaxshilaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: