“Aqlli bakteriyalar” yurak faoliyatini tez tiklay oladi

Stenford universitetida infarktdan so‘ng yurak faoliyatini tez tiklash usuli ishlab chiqildi. Olimlar fotosintez natijasida kislorod ishlab chiqaradigan bakteriyalarni amaliyotga kiritishni taklif qilishyapti. Ayni paytda bu usul kalamushlarda sinovdan o‘tkazilyapti.

Qon quyqasi tomirni to‘sib qo‘yganida, qon oqimining izdan chiqishi tufayli yurakda kislorodga bo‘lgan talab kuchayadi. Tajribadagi kemiruvchilarda infarktga o‘xshash jarayon o‘tkazildi, so‘ngra ularning yuragiga Synechococcus elongatus bakteriyasi yuborildi va yurak muskullariga nur yo‘naltirildi. Tekshiruvlar 10 daqiqadan so‘ng bu kemiruvchilarning yuragida kislorod miqdori ancha ko‘payganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, 45 daqiqadan so‘ng ularda yurak qorinchasining qisqarish jarayoni ham yaxshilandi.

Xullas, davolash tadbirlarining bari salbiy natija ko‘rsatmadi va bu usul xavfsiz deb topildi. To‘g‘ri, yurakni bevosita ochiq operatsiya qilish xavf tug‘diradi. Hozir olimlar ko‘krak qafasini yormasdan turib Synechococcus elongatus bakteriyasini vena qon tomiri orqali yuborish usullarini topish ustida ish olib boryapti.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  OIV va OITS haqida yana nimalarni bilasiz?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: