Alsgeymer kasalligiga qarshi yangi preparat yaratildi

Kanadalik mutaxassislar Alsgeymer kasalligiga qarshi preparat ishlab chiqdi. Ushbu vosita miya hujayralarining qirilishiga to‘sqinlik qiladi va qisqa muddatli xotira bilan bog‘liq muammolarda yordam beradi. U oqsilning zaharli qismlarini zararsizlantirib, miyani ulardan himoya qiladi. Kemiruvchilarda o‘tkazilgan tadqiqot doirasida qo‘shimcha natijalar qayd etilmadi. Navbatdagi bosqichda odamlar ishtirokida klinik tajribalar o‘tkazish kutilyapti. 2025 yilga kelib yangi preparat bozorlarda paydo bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, rossiyalik olimlar ham yaqin yillar ichida Alsgeymer rivojlanishini to‘xtatuvchi dorini taqdim etishga umid qilishmoqda. Moskva tibbiyot universiteti xodimlari kasallik rivojlanishining ertangi bosqichlarida miyada shakllanadigan organik birikmalar tuzilishini aniqladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Botulizm – hayot kushandasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: