Yosh kitobxon – zukko kitobxon

Yaqinda yoshlar o‘rtasida kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan “Yosh kitobxon” respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtimizda istiqomat qilayotgan 14 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar ishtirok etdi. Ular orasida eng munosiblari zukko kitobxon nomiga sazovor bo‘lib, “Prezident sovg‘asi” – “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Tanlov turli yosh toifasi bo‘yicha o‘tkazildi. Jumladan, bellashuvlarning 20-30 yoshlilar o‘rtasidagi bahslarida Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 3-bosqich talabasi Sharofat Ismoilova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

Bolaligimda dadam Sa’diy Sheroziyning g‘azallarini yod oldirar edi. Shu tariqa qalbim adabiyotga bog‘langan. Nazarimda, kitobning mazasi, ta’mi bordek. Buni zavqi bor odam biladi, kitobni sevgangina ilg‘aydi. Kitob o‘qiganimda undagi kutilmagan voqealar mening hayotimda ham bo‘lishini istardim. Mana, o‘sha baxtli lahzalarni menga ushbu tanlov taqdim etdi. Bugungi quvonchimni sizga so‘z bilan ta’riflab berolmayman. Kelgusida adabiyotshunos bo‘lishni niyat qilganman. Hazrat Navoiy g‘azallarini badiiy tahlil qilib, undagi chuqur ma’nolarni kelajak avlodga yetkazmoqchiman, – deydi Sh. Ismoilova.

 

Bolalar va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirish bugungi kunning muhim talablaridan biridir. Tanlovda ishtirok etgan yoshlarning dadil va teran fikrlarini kuzata turib, yurt kelajagi ishonchli qo‘llarda ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim. Kitob yoshlardagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolmasliklarining oldini olishda muhim vosita hamdir. Zero, tanlovning o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad shu aslida.

 

X. HUSENOVA

Yana o‘qing:  “Kitob tarqatuvchilar” assotsiatsiyasi tuziladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: