Yong‘in – xavfli

Kundalik hayotimizni “zangori olovsiz” tasavvur etish qiyin. U eng qulay yoqilg‘i sifatida turmushimizda keng qo‘llaniladi. Undan to‘g‘ri foydalanish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish yong‘in xavfsizligini ta’minlaydi. Aks holda ozgina e’tiborsizlik oqibatida chiqqan yong‘in oilamizga, jumladan, yon atrofga katta moddiy zarar yetkazishi mumkin.

Gaz plitasi o‘rnatilgan xonani tez-tez shamollatib turish kerak. Gaz, ko‘mir yoqiladigan pechkalar doimiy tarzda bir marta tozalanishi lozim. Pechka va gaz plitalari yonida benzin, kerosin kabi tez yonuvchi suyuqliklarni saqlash, elektr asboblaridan foydalanish, yosh bolalarning gugurt bilan o‘ynashiga beparvo karash yong‘inni keltirib chiqaruvchi sabablardan sanaladi. Uchqun tekkanda yonib ketadigan ayrim narsalar borki, ularni pechkalar yonida saqlash aslo mumkin emas. Lak, bo‘yoqlar, mebellar, sintetik kiyimlar shular sirasiga kiradi. Hozir ko‘p qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar, kauchuk va plastmassadan yasalgan turli buyumlar tez yonishdan tashqari ko‘plab zararli moddalar ham ajratib chiqaradi.

Yong‘inga qarshi kurash, ularning oldini olishda e’tiborli bo‘lishingingiz – bu o‘z oilangizni kulfatdan asraydi.

A.SULTONOV,

Toshkent shahar IIBB YOXB JTB katta muhandisi, kapitan

A.KAMALOV,

Toshkent shahar IIBB YOXB YoO‘Sh boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan

Yana o‘qing:  Tabiatning betakror tuhfasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: