Xonadon xazinasi nima bo‘lishi mumkin?

Uy to‘la ayollarning ko‘zi kelinning sepida. Mezbonlar mehmonlarni xoli qoldirishi bilan ayollar kelinning mebeli, pardasi yoki gilamiga “narx” bera boshlashdi. Suhbatdan kelin universitetning o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishini tamomlayotgani anglashildi. Gap orasida otasi vafot etgani, shundanmi, to‘y g‘aribroq o‘tgani, sepi ham shunga yarasha ekanini qistirib o‘tishdi. Boyagi shirin hislarim o‘rnini g‘ashlik egalladi. Davrada begonaday his etdim o‘zimni. Yerga urilayotgan, g‘ariblashayotgan sep-sidirg‘aga bir qur nazar tashladim. Shunda javon to‘ridan taralayotgan “nur” ko‘nglim puchmoqlarini yoritib yubordi. Asta turdim-da, o‘sha tomon shoshdim. “Voh, xonadagi barcha narsaga “narx” urib chiqqan “savdogarlar” nahotki, eng qimmatli buyumni ko‘ra olishmadi?”

O, bu bebaholik!

Kitoblarni birma-bir qo‘limga olaman. Biroz ohori ketgan bo‘lsa-da, qimmatli.

– Bu kimniki? – ilkis savol beribman. Biroz istehzoli, kinoyali nigohlar qurshovida noqulay ahvolga tushgan kelinchakning yuzlari birdan yorishib ketganini sezdim.

– Meniki, hali hammasini olib kelolganim yo‘q, – dedi u iymanib.

Javon to‘rida men hamon yetisholmagan Alisher Navoiyning o‘n jildlik asarlari chiroyli terilib turardi. Shunda begonalar ichidan qadrdon insonimni topganday, kelinchakni bag‘rimga mahkam bosdim:

– Siz eng boy, baxtli kelinsiz, chunki sizning bitmas-tuganmas xazinangiz bor ekan, – dedim va xonada o‘tirgan ayollarga bu kitoblarning nechog‘lik qimmatli ekanligi haqida so‘zlab berdim. Inson kamolotida kitobning ahamiyati beqiyosligini allomalarimizning o‘gitlari va hayotiy misollar orqali tushuntirdim.

Endi mehmonlar kelinchakka havas bilan tikilishar, kitoblar butun xonaga, davra ahli chehrasiga yorug‘lik ulashgandi.

Ha, kelinchak baxtli hayot kechiryapti. U o‘qimishli ayol, uddaburon kelin, oqila turmush o‘rtoq sifatida barchaning mehrini qozondi. Men ayolning hayotda o‘rin topishida u o‘qigan kitoblarning bemisl hissasi borligini ich-ichimdan his qilib turaman. Har gal o‘sha kelinchak haqida bir yaxshi gap eshitganimda farzandlari qalbida kitobga mehr uyg‘otgan ma’rifatparvar ota-onalarga nisbatan hurmatim oshadi.

 

N. MANNOPOVA

Yana o‘qing:  O‘zbekiston – sayyohlar nigohida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: