Vatanga xizmat – oliy saodat

Tinchlik – tengsiz ne’mat. Kun sayin go‘zallashib, yanada taraqqiy etayotgan diyorimizda tinchlik va farovonlik shukuhi bor. Bugun biz ana shunday tinch va obod Vatanda umrguzaronlik qilayapmiz. Bu diyorda tug‘ilib kamolga yetgan farzandlar ona Vatan himoyasini muqaddas burch deb biladilar. Kenja o‘g‘lim Allayor ham bolaligidan harbiy kasbga mehr qo‘ydi. Uning kelajak orzulari harbiy soha bilan uyg‘un edi. “Katta bo‘lsang kim bo‘lmoqchisan?” deb savol berganlarga “Ofitser bo‘laman!” derdi boshini baland tutib. Bolalikdagi orzu o‘zgaruvchan bo‘ladi, deyishadi. Yo‘q, Allayorda unday bo‘lmadi. Uning orzusi voyaga yetgan sari qat’iy maqsadga aylandi. Avvaliga Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tadi. Muddatli harbiy xizmatdan qaytishi bilan oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun astoydil tayyorgarlik ko‘rdi. Kunu tun kitob varaqlaganlari, jismoniy tayyorgarlikka zo‘r berganlari nihoyat o‘z mevasini berdi. Allayor Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga o‘qishga kirdi! Bu barchamiz uchun quvonchli voqea edi. O‘sha kunni kechagidek eslayman. Allayor hovliga yugurib kirib “Ona meni tabriklang, o‘qishga kirdim” deganida quvonchim dunyolarga sig‘magandi. Hovlimiz birpasda to‘yxonaga aylanib ketgandi. Ko‘rsatganiga shukur, deyman. Bugun Allayor Chirchiq oliy tank ko‘mondonlik-muhandislik bilim yurti 1-bosqich kursanti. O‘g‘limdan umidimiz katta. U albatta, ishonchimizni oqlaydi. O‘g‘lim orzu-niyatlariga erishib, xalq xizmatida bo‘lishdan aslo tolmasin, deyman.

Fursatdan foydalanib, barcha harbiy xizmatchilarni yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni bilan qutlayman. Ularga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va mashaqqatli xizmatlarida muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilayman. Shonli bayram muborak, aziz harbiylar!

Salom bilan,

 

Oltingul MAMBETNIYAZOVA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Yana o‘qing:  MARG‘ILON – DUNYo SAYYOHLARI NIGOHIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: