Vaqt tulpori

Umr degan uchqur tulpor, shoshar buncha,

O‘tib ketar ko‘zing yumib ochguningcha.

Sog‘intirib eng beg‘ubor chog‘larini,

Tark etadi bolalikning bog‘larini.

Kel, tulporim, yayra yoshlik quchog‘ida,

Bu olamning mo‘jizali ardog‘ida.

Qara, tutqich bermas ko‘nglim sho‘xligini,

Yuragimda zarra g‘ubor yo‘qligini.

Bolalikda buncha shirin orzu-xayol,

O‘ylarimiz uchib borar go‘yo shamol.

Bolalikning to‘rt fasli ham bahor ekan,

To‘rt tomoni alvon-alvon gulzor ekan.

Vaqt tulpori ketma quvnoq bog‘larimdan,

Ayirmagin meni shirin chog‘larimdan.

Mushtariy BEGIM,

Namangan shahar pedagogika kolleji o‘quvchisi

Яна ўқинг:  Mehr – MUSTAHKAM QO‘RG‘ON

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: