UZTOZ BO‘LISH ORZUIM

Bu dunyoda har bir inson orzu bilan yashaydi. Men rassomlik kasbini puxta egallab kelajakda yoshlarga bilim berishni niyat qilganman. Yurtimizda yoshlarning aql-salohiyati, qobiliyati va iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ularning tom ma`noda barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Demak, aniq maqsadlarga qaratilgan niyatimizni amalga oshirish uchun o‘qish, izlanish, mehnat qilishimiz kerak.

Bolaligimdan rasm chizishga, qog‘ozlardan har xil geometrik shakllar yasash, ro‘molchalarga chiroyli kashtalar to‘qish, qo‘g‘irchog‘imga mitti ko‘ylakchalar tikishga qiziqardim. Dars tayyorlaydigan xonamga kirib o‘zim sevgan mashg‘ulotlarimga sho‘ng‘ib ketsam, vaqt allamahal bo‘lganini ham sezmasdim. Esimda ilk bor rasm chizishga qiziqishimni sezgan dadam menga rangli qalamlar olib berganida bolalarcha quvonganimdan sakrab bo‘ynidan quchganman. Ota-onam mendagi bu qiziqishni ko‘rib poytaxtimizdagi “Bolalar ijodiyoti uyi”ning rassomchilik to‘garagiga o‘qishga berishdi. Besh yil ana shu to‘garakda ustozlarimdan rassomchilik sirlarini o‘rgandim.

Asosan yurtimiz tabiati uning go‘zal va betakror manzaralarini, natyurmort suratlar chizishni yoqtiraman.

2005-yilda maktabni tamomlab, A.Xo‘jayev nomidagi Dizayn kasb-hunar kollejiga o‘qishga kirib dizaynerlik sohasini ustozlarimdan o‘rgandim va bu boradagi bilimlarimni chuqurroq egallash maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Rassomchilik va dizayn institutiga o‘qishga kirdim. Institutdagi ustozlarim Yelena Koralkovadan dekorativ-bezak natyurmort rangtasvir, qalam tasvirlarni o‘rgandim. Rixsivoy Ayupovdan esa reklama va amaliy grafika, plakatlarni reklama qilish, bo‘rttirilgan maket yasashni o‘rgandim. Talabalik davrimiz taassurotlarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, qadimiy Buxoro shahridagi tarixiy yodgorliklar, xususan, Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohiga qilgan sayohatimiz davomida qadimiy naqsh chizish sirlarini o‘rgandik. Turli mavzularda rasmlar chizib amaliyot o‘tadik.

“Sanvikt” bolalar ilmiy tadqiqot markazida har yili guruhimiz bilan borib “Mahorat darslari” o‘tkazamiz. Kam ta‘minlangan oila farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolalar orasidan iqtidorli bolajonlar chizgan rasmlarni ko‘rib quvonamiz. Ular bilan birgalikda plastilindan, matolardan yumshoq o‘yinchoqlar, rangli qog‘ozlardan mashina, samolyot va turli o‘yinchoqlar yasaymiz, ularga quvonch ulashamiz. Bolalarning ko‘zidagi quvonchdan dilimiz yayraydi.

O‘qishni tugatib, 2012-yilda Toshkent davlat Texnika universitetining dizayn fakultetiga o‘qishga kirdim. Hozir 1-bosqich magistriman. Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash maqsadida shahar “Bolalar ijodiyoti uyi”da “Boshlang‘ich texnik modellash” to‘garagida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars beraman.

Яна ўқинг:  ISTIQLOL BERGAN IQBOL

Kelajakda mana shu tanlagan kasbimni yoshlarga o‘rgatish, o‘qituvchi bo‘lishni niyat qilganman. Yoshlarga milliy o‘zligimizni anglash, ularning qalbi va ongiga milliy, umuminsoniy qadriyatlarni singdirish asosiy maqsadimdir.

Inobat MATYOQUBOVA,

Toshkent Davlat Texnika universiteti 1-bosqich magistranti

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: