Ustozlik – yuksak maqom

Bir donishmand aytgan ekan, “Otam meni osmondan yerga tushishimga sababchi bo‘ldi. Ustozim esa meni yerdan ko‘klarga ko‘tardi”.

Darhaqiqat, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ustoz nomiga sazovor bo‘lish yuksak maqomdir. Bu kasb egalari bag‘rikeng, sofdil, kamtarin va ma’nan boy insonlardir. Ular butun hayoti, qalb qo‘ri hamda bilimini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir.

Yurt kelajagi, uning ravnaqi yoshlar qo‘lida. Farzandlarimiz kelajakda komil inson bo‘lib voyaga yetishida esa aziz ustozlarimizning hissasi beqiyos. Shu bois, davlatimiz tomonidan o‘qituvchi va murabbiylarga yuksak e’tibor qaratilib, ularning mehnati munosib qadrlanmoqda.

Mamlakatimiz ta’lim tizimida uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan tajribali ustoz, professor F. O‘rmonovaning shogirdlari bugun uning kasbini munosib davom ettirib kelmoqda.

F. O‘rmonova 1952 yil Toshkentda ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Oilada ilm-fanga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘lganligi tufayli iqtidorli qiz maktab yillaridanoq, ustozlaridan chuqur bilim olishga harakat qildi. So‘ng 1969 yilda Toshkent davlat farmatsevtika institutiga o‘qishga kirib, 1974 yilda ushbu oliygohni muvaffaqiyatli tamomladi.

Ustoz 1974–1976-yillarda institutning Farmakognoziya kafedrasida stajyor-tadqiqotchi sifatida faoliyat olib bordi. 1976–1979-yillar oralig‘ida aspiranturada tahsil oldi. 1979–2011-yillarda farmakognoziya kafedrasida dastlab assistent, so‘ng katta o‘qituvchi, dotsent va professor sifatida yosh avlodga chuqur bilim berdi. 2011 yildan buyon kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Hozirda professor F. O‘rmonova rahbarligida mahalliy flora istiqbolli o‘simliklarini o‘rganish, ular asosida yangi samarali import o‘rnini bosuvchi dori vositalarini yaratish bo‘yicha maqsadli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Professor tomonidan tavsiya etilgan 8 ta yangi dorivor o‘simlik vositalarini tibbiyot amaliyotida ishlatilishi uchun O‘zRSSVning ruxsati olindi.

F. O‘rmonova 150 dan ortiq maqola, 30 ta o‘quv-uslubiy ishlanmalar, 3 ta patent, dorivor o‘simliklar uchun 8 ta tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar muallifidir. Hozirgi kunda ustoz 2 ta doktorlik va 2 ta magistrlik ilmiy ishlariga rahbarlik qilmoqda.

Mustaqillikning 26 yilligi arafasida professor F. O‘rmonovaning ilmiy faoliyati davlatimiz tomonidan yuksak e’tirof etilib, unga “Shuhrat” medali berildi.

 

G. MUSAYEVA,

Toshkent Farmatsevtika instituti o‘qituvchisi,

Sh. RAMOZONOVA,

talaba

Yana o‘qing:  Shprits qanday kashf etilgan?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: