Ustozimga

Bizni sevib, farzand kabi ardoqlab,

Mehr bilan boshimizni silaysiz.

Misli quyosh qalbimizni yoritib,

Bilim berib, kelajakka yo'llaysiz.

Atrofingiz turnaqator o'raymiz,

Ustoz, desak yashnab ketar yuzingiz.

Volida-yu padar kabi ardoqli,

Dilga yaqin har bir aytgan so'zingiz.

Sinfxona Siz tufayli nurxona,

Salom berib zumda kutib olamiz.

To'g'ri yo'lni ko'rsatasiz hamisha,

O'gitingiz dilda, sodiq qolamiz.

E'zoza USMONXO'JAYEVA,

Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi 34-maktab o'quvchisi

Яна ўқинг:  ОНА ЗАМИН МЎЪЖИЗАСИ

You may also like...

Фикр билдириш

Э-почта манзилингиз чоп этилмайди. Мажбурий маълумотлар * билан белгиланган.

Хато ҳақида хабар

Муҳаррирга жўнатиладиган матн: