To’lqinjonning bobosi

Erta tongdan qishloq etagiga tutash adir tomon otlangan Nortoji boboning yonida borayotgan nabiralari To'lqinjon, Olimjon va Kamoliddinning quvonchi bir olam. Chunki ular har yili yozgi ta`tilda boradigan adirdagi qo'ra tomon yo`l olishgandi. Axir qo'y-qo'zilarini adirga yayratib qo'yib, sharqirab oqayotgan katta ariqdagi muzdek suvda cho'milish ularning joni dili edi-da. Nortoji bobo chorva tilini yaxshi biladi. Bu borada kamdan-kam kishilar uning oldiga tusha oladi. Shu bois qishloqda uni katta-yu kichik birdek hurmat qiladi. Bobo farzandlarini o'qitib el koriga yaraydigan qilib tarbiyalagan bo'lsa, endi nabiralarini g'amini yeydi. Ularni halol mehnatga o'rgatib, pandu nasihat qilishdan aslo charchamaydi.

Mana ikki yildirki, yozgi ta'til boshlandi deguncha nabiralari To'lqinjon, Olimjon va Kamoliddinni olib adirdagi qo'rasi tomon oshiqadi. Bolalar ham bobosining so'zidan chiqishmaydi. Ayniqsa, To'lqinjon hammadan ham ko'proq bobosiga parvona bo'lgani bo'lgan. Uning nima uchun? – degan adoqsiz savollaridan Nortoji bobo gohida miyig'ida kulib qo'yadi. Bugun ham shunday bo'ldi, bolalar endigina quyosh ufqdan bo'ylagan kezi allaqachon otarni yaylovga yoygan bobosiga ko'maklashmoqda. Ular ham xuddi bobolari singari o't mo'l-ko'l bo'lgan o'ngirlarni topib, iloji boricha qo'ylarni o'sha tomonga haydab borishdi. Kun tikkaga kelish arafasida esa «qurr-re-qu-rre»lab qorni to'ygan otarni, qo'raga qamashdi. So'ngra yantoq chopish boshlanadi. Ayni tush payti chopilgan yantoqning tikani qo'lga unchalik sanchilmaydi. Chunki, ularning tanasi kun tig'ida ancha yumshoq bo'ladi. Qo'lidagi ketmoni bilan uyum-uyum yantoqlarni chopib bir tarafga yotqizib quritishga qo'yayotgan boboning ortidan nabiralar ham kichik ketmonchalarida ishga kirishadilar. Ularning g'ayrati jo'shib, kim o'zarga ishlashardi.

Adir qo'ynidagi samarali mehnat shukuhi, tushlik ham, muzdek suvda cho'milish ham bolalarga bir olam zavq bag'ishlaydi. Kechga tomon qo'ra yonidagi chaylaga qaytayotganlarida bolalardan ortda qolgan To'lqinjon bobosiga qarab:

– Bobojon jamiyatga foyda keltirish degani nima o'zi, men ham foyda keltirsam bo'ladimi? — deb yana savolini boshladi.

– Hm-mm, obbo bilag'oney, sen shusiz ham foyda keltirayapsan, boshini sarak-sarak qilganicha nabirasining yelkasiga qoqib qo'yadi bobo.

– Rostdanmi, qanday qilib? – bolakayning ko'zlari chaqnaydi.

– Jamiyat bu el ulus degani, ya'ni bizning qishloq ahlimiz ham jamiyatning bir bo'lagi. Mana qo'y-qo'zilarni o'tlatishga, ular uchun qishki mavsumga xashak to'plashga ko'maklashib borishingning o'zi otarning bosh soni ortishiga, ulardan olinadigan go'sht mahsulotlarining ko'payishiga yordam beradi. Shubhasiz, bundan qishloq ahli foyda ko'radi. Demak, jamiyatga foydang tegayapti, tushundingmi bolam?.

Яна ўқинг:  Одам савдоси – аср муаммоси

To'lqinjon bobosiga qaragan ko'yi sezilar-sezilmas bosh silkiydi. Qalbida g'urur bilan uning qadami tezlashadi.

Tun borliqqa orom ulashgan bir paytda usti ochiq chaylada oy yonida g'ujg'on o'ynayotgan yulduzlarga termulib, ko'zlari uyquga ketayotgan bolakay erta sahardan yana o'zi yoqtirgan mashg'ulot bilan band bo'lishini o'ylab, ko'zlarini yumganicha shirin uyquga ketadi.

Jamila HAYDAROVA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: